“Firat qalqoni” amaliyoti doirasida bugun 4 nafar muxolifat shahid bo’ldi

"Firat qalqoni" amaliyotidagi oxirgi vaziyat haqida bugun Turk qurolli kuchlari bayonot berdi.

595256
“Firat qalqoni” amaliyoti doirasida bugun 4 nafar muxolifat shahid bo’ldi

Suriyaning shimolini terroristlardan qutqarish maqsadida Turkiya rahbarligida 24-avgust kuni boshlatilgan “Firat qalqoni” amaliyoti doirasida bugun PYD/PKK terror tashkilotidan 3, DEASh terror tashkilotidan 11 terrorist o’ldiridli.  

Turk qurolli kuchlari tomonidan berilgan ma’lumotga ko’ra kun mobaynida davom etgan to’qnashuvda Suriyaning Turkiya chegarasidagi Mare qishlog’i janubida 4 nafar muxolifat shahid bo’ldi.

Turk qurolli kuchlari DEASh terror tashkilotiga oid 8 va PYD/PKK terror tashkilotiga oid 51 mavzega qarshi hujum qildi.

Hujum chog’ida Turk Harbiy-havo kuchlari qo’mondonligiga oid urush uchoqlari Jubbanning janubi va Burjda 4 mavzeni yo’q qildi va DEASh terror tashkilotiga oid 11 terroristni o’ldirdi.  

Bayonotga ko’ra “Firat qalqoni” amaliyoti boshlaganidan beri 1 265 kvadrat kilometrlik maydon nazorat ostiga olindi.



Aloqador xabarlar