Shemdinlida 10 nafar askar shahid bo’ldi, 8 nafar tinch aholi hayotdan ko’z yumdi.

Shemdinli tumani yaqinlarida Durak jandarm politsiya markaziga bo’lginchi terror tashkiloti PKK a’zosi terroristlar tomonidan bombali vosita bilan uyushtirilgan hujumda 10 nafar askar shahid bo’ldi, 8 nafar tinch aholi hayotdan ko’z yumdi.

586168
Shemdinlida 10 nafar askar shahid bo’ldi, 8 nafar tinch aholi hayotdan ko’z yumdi.

Shemdinli tumani yaqinlarida Durak jandarm politsiya markaziga bo’lginchi terror tashkiloti PKK a’zosi terroristlar tomonidan bombali vosita bilan uyushtirilgan hujumda 10 nafar askar shahid bo’ldi, 8 nafar tinch aholi hayotdan ko’z yumdi.

Yaralangan 11 nafar harbiy xizmatchining   27 nafarning muolajasi davom etmoqda.

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an, terror hujumlari borasida yozma bayonot bilan norozichilik bildirdi.

“Davlatimiz, barcha tashkilotlari bilan, millatimiz bilan  hamkorlikda, bo’lginchi terror  tashkiloti faoliyat qila olmas holga keltirishda qarorlimiz.” Dedi.

Terror tashkiloti PKK, insoni va axloqiy  barcha qadriyatlardan mahrum jinoyatlarini avj oldirdi degan Prezident Erdo’g’an,

“ Bo’lginchi terror tashkiloti,  chuqur turidagi jinoyatlarining ortidan mintaqa xalqi tomonidan go‘yo chetlangan vaziyatda, deb ma’lum qildi.  

Xuddi FETO va DEASh kabi faqatgina qon  to’kishni, jon olishni maqsad qilib olgan hujumlari bilan mavjudiyatini isbotlaganini bildirdi.

Jinoyat tashabbuslarining  katta qismi xalqning himoyalari, xavfsizlik razvedka tashkilotlarining g’ayratlari bilan  oldi olindi degan Prezident,

“ Davlatimiz, barcha tashkilotlari,  millatimiz bilan hamkorlikda, bo’lginchi terror tashkiloti jinoyat qila olmas holga  keltirishda qarorli.” Deb  ma’lum qildi.

Prezident Erdo’g’an, davlat va millatning mavjudiyati uchun, mamlakat va chet elda, har turli siyosiy, diplomatik, harbiy chora- tadbir olinganini ma’lum qildi.

Turk qurolli kuchlarining qishloq  hududlaridagi muvaffaqiyati sababli terror tashkiloti xudkushlik jinoyatlariga  yo’naldi degan Bosh  vazir Binali Yildirim, terror bilan kurashda qarorli ekanlarini ma’lum qildi.

Hakkarining Shemdinli tumanidagi xoinona hujumga, hukumatdan va muxolafatdan ham norozichilik bayonotlari  biri- ketin kela boshladi.

Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush,

“ Turkiya terror tashkilotlariga hech qachon  taslim bo’lmaydi. Ushbu xoin hujumning  javobi beriladi.” Dedi.

Adolat vazir Bekir Bo’zdog’ esa, Twitter hisobida qilgan izohida,

“ Terror, natijada boy beradi. Bugungacha hech bir terror tashkiloti, o’z  maqsadiga erisha olmagan,

Bundan so’ngra ham erisha olmaydi. Turkiya har  doim g’alaba qozonadi, terror boy beradi.” Deb qayd etdi.

Taraqqiyot  vaziri Lutfi Elvan esa, terroristlarning inlariga alohida –alohida kiriladi, Turkiya respublikasi tuproqlari ichida borilmagan bir kvadrat metr  maydon hatto  qolmaydi.

Bojxona va savdo vaziri Bulent Tufekji  esa birovlarining kun tartibda ayniqsa terror bo’lishi uchun kecha- kunduz demasdan urinmoqdalar deb ta’kidladi.  

O’rmon va suv ishlari vaziri Veysel Ero’g’lu, terror bilan kurash oxirigacha davom etadi deb bildirdi.

Shemdinlidagi xoin terror hujumni  qattiq qoralagan Jumhuriyat xalq partiyasi Bosh rahbari Kemal Kilichdaro’g’lu,

“ Bilishlari kerakki o’lkamizga, demokratimizga, birgalikda tinchlikda  yashash irodamizga yo’nalgan ushbu hujumlarni uyushtirganlar  hech qachon o’z  maqsadlariga erisha olmaslar.” Deb ma’lum qildi.

Millatchi harakat partiyasi  Bosh rahbari Davlat Bahcheli esa, Twitter hisobidan qilgan izohida,

“ Terrorga qarshi kurashda nima kerak bo’lsa  qilinishi kerak, milliy safarbarlik ruhiy bilan ushbu musibat , xoinlar  tubidan va  butunlay yakunlashi kerak” dedi.

Buning bilan birgalikda, Vanda  yig’ilgan 16 viloyatdan 181  qabila  namoyandalari, terrorga qarshi norozichilik  bildirdi.  

Qabila liderlari birodarlik  rishtalari borasida urg’u berdi, birdamlik va barobarlik bayonotlari berdilar .

 “                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                             



Aloqador xabarlar