G’arb davlatlari to’ntarishni va to’ntarishdan keyingi vaziyatni tushinishda ancha qiynalmoqda

To’ntarish tashabbusining ahamiyatini tushunmaganlar, millionlab turkning 15-iyul shahidlarining xotirasini yod etish kabi muqaddas burchining sababini ham tushinib yetolmaydi.

583479
G’arb davlatlari to’ntarishni va to’ntarishdan keyingi vaziyatni tushinishda ancha qiynalmoqda

Turkiyada 2-oktabr kuni 15-iyulda yuz bergan to’ntarish tashabbusida shahid bo’lganlar xotirasini yod etib, ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda san’atkorlar xalq musiqasidan tashqari vafotidan oldin shahidlar tomonidan sevib tinglangan qo’shiqlarni ham jiro etdilar. Agar Onado’li insonlarining yuz yillardan beri o’z his-tuyg’ularini qo’shiqlar orqali ifoda etganligini hisobga olsak unda bo’lib o’tgan tadbirning, ko’pchilik hislariga tarjimon bo’lganligini ham tushunib yetamiz.

Bo’lib o’tgan tadbir, “15-iyul shahidlari” xotirasiga bag’ishlangan barcha tadbirlardan faqatgina bittasi. O’tgan 10 hafta mobaynida ko’plab xujjatli film, kinofilm, ijtimoiy media kompaniyasi va ko’rgazmalar tashkil etildi. Undan tashqari konferentsiyalar, sinflararo turli munozaralar, bahslar o’tkazildi. Kelasi hafta va oylarda esa bularning davom etishiga bemalol ishonishingiz mumkin.     

Nima uchun? Ba’zi G’arb davlatlari tavsiya qilganidek bu fojiani ortga tashlab kelajakka qarab yo’l olishning vaqti keldimi yoki kelmadimi? Turkiyada yashagan insonlar to’ntarish va to’ntarishdan keyingi vaziyat bilan hisoblashishni davom ettirar ekan Yevropa va Amerikadagi ko’pchilik 15-iyul kechasi va keyingi kunlarda Turkiyada nimalar yuz berganligini tushinib yetishda ancha qiynalmoqdalar.

Turkiyada, 15-iyul shahidlari xotirasiga bag’ishlangan yod etish tadbirlari borasida hech qanday muammo yo’q va hatto Turkiyani yaqindan kuzatib borganlar uchun ham lekin buni ba’zi chet el davlatlari tushunolmayotganligiga qaraganda ular insonlar hayotini o’zgartirgan 15-iyul kechasini tushunib yetmagandek. Ba’zi G’arb davlatlari 15-iyul kuni yuz bergan to’ntarish tashabbusining jiddiyligini tushinib yetish va qabul qilish borasida muvaffaqiyatli bolomayapdi. Turk xalqining mavjud dinamikasini tushmoqchi bo’lganlar, to’ntarishning qanday rejalashtirilganligiga, qanday boshlatilganligiga va oxirida qanday to’xtatilganligiga ahamiyat bergudek bo’lsa unda bu vaziyat ularga katta yordam beradi. Bu haqida bo’lib o’tgan haqiqiy voqea va ifodalarga asoslangan bir necha maqolalar chop etildi. Daily Sabah Siyosiy tadqiqotlar markazining avgust oyida chop etilgan nashri bunga bir o’rnakdir.

Nomi tilga olingan matnda bizni qiziqtirgan masalalardan biri to’ntarish tashabbusining bizga ko’rsatgan ta’siridir; uni 3 bosqichda izoh etishimiz mumkin.

Eng avvalo shuni aytib o’tishimiz joizki 1980-1990-yillarda tug’ilgan yosh avlodlar bugungacha to’ntarishni boshdan kechirmapdilar. Ular faqatgina 1960-yili yuz bergan to’ntarishdan keyin Bosh vazir Adnan Menderesning dahshatli dorga osilgan hikoyasinigina tinglapdilar; 1980-yili yuz bergan to’ntarishdan keyin o’ng va chap qanot harakatlarining jazoga tortilishi haqidagi hikoyalarni eshitipdi. Misr kabi boshqa davlatlardagi harbiy to’ntarishlar haqida esa balki eshitgandir yoki kitoblardan o’qigandir. Faqat, 2016-yilning 15-iyuli kuni yuz bergan harbiy to’ntarishni birma-bir ko’rdi. Tanklarning, vertolyotlarning va harbiy uchoqlarning o’zlariga, onalariga, otalariga, do’stlariga va qarindoshlariga dushman bo’lishiga guvoh bo’lganlardir. Kechirib bo’lmaydigan, katta xiyonatni o’z ko’zi bilan ko’rar ekan do’stlarining, qarindoshlarining shahid yoki g’oziy bo’lishiga ham guvohlik qilgandir. Tarixiy o’lchovlarda demokratiya dostoni yozgandirlar. Turklarning ana shu kecha, o’z vatani uchun nimalardan voz kechganligini yod etishdan yana da tabiiyroq nimalar bo’lishi mumkunki?

Ikkinchi navbatda shuni aytib o’tishimiz joizki Turkiyadagi ko’pchilik, 15-iyul kechasi Gulen terror tashkilotining (FETO) haqiqiy yuzini ko’rdi va tahlikani payqadi. Bu insonlar, Gulen a’zolarining oddiy insonlarning ishonchlarini qandaysuistemol qilingani, imtixonlarda savollarning o’girlangani, davlat, xavfsizlik va razvetka tashkilotlariga qanday sizib kirgani, boylik yig’ib Turkiya va dunyoning boshqa joylarida bir jinoyi uyushma bo’lgani ochiqcha ko’rinmoqda.

Tashqaridan qaraganda, yaxshi niyatli diniy bur guruhning qanday bo’lib davlat ichiga kirgani, hukumat ichida hukumat sifatida qanday faoliyat olib borgani va qonunlar bilan tuzumlarni o’z manfaatlariga ko’ra o’zgartirganini tushunish qiyin. Lekin, Gulen jamoati bilan aloqali sirlar fosh bo’lgan sari, vaziyat tushunarli holga kelmoqda. Tinchliksevar, gunohsiz, suhl va dialog tarafdori bir harakat emas, nima bo’lishidan qat’iy nazar iqtisodiy kuchni o’z nazoratiga olishni istagan bi  jamoa. Tarafdorlari esa ilohiy bir kuchga mazhar bo’lganiga ishongan Fethullah Gulenning farmonlari va istaklariga ko’r-ko’rona taslim bo’lgan holda, Turkiyada FETO sifatida bilingan 15-Iyul to’ntaruv tashabbusini rejalashtirgan va Turk qo’shini, xavfsizlik kuchi va sud tarkibida noharbiylar tomonidan tatbiq etilgandir. http:guleninvestigation.com   

Gulen tarafdorlari yillar o’tgan sari haqiqiy yuzini yashirish va qonun orqasida saqlanish mavzusida puxta bo’lib olgan. Ularning siyosiy va iqtisodiy talablarini rad etganlar qarshisida media va nodavlat tashkilotlarni, ayovsiz dasturlarni rasmiylashtirish va bularni amalga oshirish maqsadi bilan qanday foydalanganini mana endi hamma yaxshi tushunoqda. Yuzlab insonni tahdit etib xibsga solgan, ishdan bo’shatgan, ularni qoralagan va nihoyat rasmiy bir hukumatga qarshi kurashga o’tgandir. Hanefi Avji, Rushan Chakir, Mustafa O’nsel, Ahmet Shik, Nedim Shener va Dani Rodrik, Gulen tarafdorlarining Turkiyada sodir etgan jinoyatlarini hujjatlar bilan ispotlagandir. http://www.ecfr.eu/article/Turkeyafter Jule 15 The view from Ankara 7088

Uchinchi xusus esa G’arb davlatlarining va matbuotining bu adolatsizlikka qarshi izlagan uslubi Turk xalqining umidlarini puchga chiqdi. To’ntaruvdan keyin G’arb davlatlaridan bir rahbarning ham Turkiyani ziyorat qilmagani, muhofazakorlardan boshlab barcha xalqni lol qoldirgan. G’arbning to’ntaruv va undan keyin izlagan uslubi, faqat hukmat tarafdorlarini emas muxolifat partiyalaridan va so’l-liberal yozuvchilardan ham norozichilik to’plagandir. G’arb media organlarining aksariyati, to’ntaruvdan ziyod qo’shin uyushtirgan bir go’zg’olon sifatida baholagan. To’ntaruvdan keyin olingan chora-tadbirlarni, o’z hayotlarini xavfga solib va xalqni faoliyatga o’tishi bilan to’xtatishga muvofiq bo’lgan irodani o’ziga yani prezidentikka va hukumatga hujum qilish uchun bohanasi sifatida ishlatgan. Bir Yeropali davlat arbobi yaqingacha Yevropada ko’pchilikning, Turk parlamentining 15-Iyul kuni bombalanganini hattoki bilmaganini aytgan edi. Bu muvaffaqiyatsiz to’ntaruv ortidan Amerika  qo’shma shtatlari Prezident o’rinbosari Joe Biden va NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg ham bo’lib Turkiyani ziyorat qilganlar, ziyoratdan oldin to’ntaruv mavzusida fikirlari bo’lmaganini aytgan edilar. G’arb mediasining ko’pchiligi, to’ntaruv oqshomidagi hodisalar bilan aloqali achinarli suratlarni tsenzura qilib prezident va hukuamtga qarshi hujumkorona uslub izlagan. To’ntaruv tashabbusining ma’nosini anglab yetmaganlar, millionlab Turk xalqining 15-Iyul shahidlarining xotirasin jonli saqlab qolishni ham anglmasa kerak. Buning o’rniga yana ko’proq tushunishlari kerak bo’lgan bir davrda bu ahvol darhaqiqat ayanchli.

 


 



Aloqador xabarlar