Turk Qurolli Kuchlari Hakkarida terror tashkiloti PKKga qarshi havodan operatsiya olib bordi

Yuksekova tumanining Muz tog'i etaklarida aniqlangan terrorist makonlari, yer to'lalar va yer osti g'orlari portlatilgani ma'lum qilindi.

576279
Turk Qurolli Kuchlari Hakkarida terror tashkiloti PKKga qarshi havodan operatsiya olib bordi

Turk Qurolli Kuchlari Hakkarida terror tashkiloti PKKga qarshi havodan operatsiya olib bordi.

Bu haqda Harbiy Bosh shtabi ma'lum qiladi.

Ma'lumotga ko'ra, kecha soat 18:47 va 22:51 atrofida jangovar samolyotlar ishtirokida Yuksekova tumanining Muz tog'i etaklarida ikki marta havo operatsiyasi amalga oshirildi.

Hududda aniqlangan terrorist makonlari, yer to'lalar va yer osti g'orlari portlatilgani ma'lum qilindi.

Operatsiyada ishtirok etgan jangovar samolyotlar xavfsiz ravishda bazaga kelib qo'ngani qayd etildi.

 

 



Aloqador xabarlar