Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu Nyu-Yorkda Madaniyatlar ittifoqi yig'ilishida so'zga chiqdi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu yig’ilishda so’zga chiqib, Yevropa davlatlarida musulmonlarga va etnik xalqlarga nisbatan munosabatlar salbiy tus olib borayotganini aytdi.

576135
Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu Nyu-Yorkda Madaniyatlar ittifoqi yig'ilishida so'zga chiqdi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu Yevropa davlatlarida xorijliklarga nisbatan dushmanlik va millatchilikning havotirlanarli darajaga yetganini aytdi.

BMT Bosh assambleyasining 71-sessiyasi munosabati bilan Amerika Qo’shma Shtatlarining Nyu-York shahrida bo’lgan Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu Madaniyatlar ittifoqi do’stlar guruhi vazirlar yig’ilishiga qatnashdi.

Chavushog’lu yig’ilishda so’zga chiqib, Yevropa davlatlarida musulmonlarga va etnik xalqlarga nisbatan munosabatlar salbiy tus olib borayotganini aytdi.

Uning aytishicha, faqatgina o’tgan yilning o’zida Yevropa va Shimoliy Amerikada turklarga nisbatan 108 marta hujum sodir qilindi.

Terroristlar va radikal ekstremistlar jamiyatdagi qutblashuvdan foydalanganini tilga olgan Chavushog’lu: “Ularning hujumlari nafaqat xavfsizligimizga, balki qadriyatlarimizga, insoniy his-tuyg’ularimizga zarar bermoqda”,-dedi.

Uning aytishicha, fojiaviy holatlarning avj olishi ko’chmanchilar muammosidan kelib chiqmoqda.

“Terroristlarning istagi musulmonlarni va ko’chmanchilarni jamiyatdan chetlashtirishdir”,-deya ta’kidlagan Chavushog’lu qisqa o’ylaydigan millatchi siyosatchilarning munosabati ekstremist guruhlarga foyda keltirganini ta’kidladi.

Ta’limning ahamiyatiga to’xtalgan Chavushog’lu yosh nasllarga o’zaro hurmat, e’tibor va obod-axloqning alohida darslik qatorida o’qitilishini tavsiya qildi.

BMT Bosh kotibi Ban Ki Moon ham 10 yillik xizmat muddati davomida madaniyatlar ittifoqini qo’llab quvvatlash uchun qo’lidan kelgancha g’ayrat ko’rsatganini aytib o’tdi.

Uning fikricha, madaniyatlar ittifoqi xalqlar o’rtasida ko’prik vazifasini o’taydi.

 



Aloqador xabarlar