Prezident Erdog’an G’ozilar kuni munosabati bilan bilan bayonot tarqatdi
Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an, Fetullahchi terror tashkiloti parallel davlat tuzilishi (FETO/ PDY)ning 15- iyuldagi harbiy to’ntarish harakatiga o’z jonlarini fidoda qilishga rozi bo’lib to’sqinlik qilgan bu millat g’ozi millat deb bildirdi.
Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an, Fetullahchi terror tashkiloti parallel davlat tuzilishi (FETO/ PDY)ning 15- iyuldagi harbiy to’ntarish harakatiga o’z jonlarini fidoda qilishga rozi bo’lib to’sqinlik qilgan bu millat g’ozi millat deb bildirdi.
Prezident Erdo’g’an, 19- sentabr G’ozi kuni munosabati bilan tarqatgan bayonotda, Onado’li tuproqlarini vatan qilib olgan va o’lkaning mavjudiyatini davom ettirishda, g’ozi tushunchasi eng muhim qadriyatlari qatorida o’rin olgan deb aytdi.
“ Madaniyatimizning eng mumtoz sifatlaridan biri bo’lgan g’ozilik ishonchi, bizga 1071da Onado’lining tuproqlarini nasib etganidek, Chanoqq’ala , istiqlol harbiyda ham o’lkamizning va millatimi toabadgacha bor bo’lishini dunyo oshkor ravishda e’lon qilgan.” deb aytgan Erdo’g’an bu geografiyaning ruhida, o’lkaning har tosh va har tuprog’ida, shoni shuhrati bilinmagan millionlab g’ozining, shahidning qoni mavjud deb ma’lum qildi.
Erdo’g’an, tarix bo’yicha qancha urushlar, to’qnashuvlar boshidan o’tkazgan ushbu geografiyaning insonlari, istiqlol va istiqbol uchun har doim tayyor vaziyatda bo’lgan bir millatning farzandlari deb ta’kidladi.
O’tmishda urushlarda istiqlol va istiqbolini himoya qilgan millatimiz, bugungi kunda esa Turkiyaning huzur- halovatiga qarshi chiqqanlarga esa kurashini davom ettirmoqda deb ifoda etdi Prezident Erdo’g’an,
“ Bu aziz millatimiz, 15- iyuldagi harbiy to’ntarish tashabbusini o’z jonlarini fidoda qilishga rozi bo’lib to’sqinlik qilgan, o’z irodasini himoya qilganini va bu nuqtada g’ozilik shuuri qanchalik muhim ekanini ko’rsatdi dedi.
Bu millat, g’ozi millatdir. Bu vatan, shahid va g’ozilarning bizga omonatidir. Bizlar shahidlarimizning, g’ozilarimizning merosini loyiq bo’lganidek kelgusi nasllarga yetkazamiz.
Bu tuproqlarni vatan qilib olgan, bugunlarga olib kelgan har bir shahid va har bir g’oziga, nomlari bilinmagan barcha qahramonlarga minnatdormiz. Olloh ulardan rozi bo’lsin. Ushbu bois respublikamizning asoschisi Mustafa Kemolga istiqlol kurashidagi rahbariyati tufayli “mushir” g’ozi “ unvoni berilish yilligi va G’ozilar kunini chin yurak tabriklayman, barcha g’ozilarga minnatdormiz”deb Ta’kidladi.
Aloqador xabarlar
Numan Kurtulmush rasmiy tashrif bilan Rossiyada
Numan Kurtulmush, «Yunus Emre» institutni «muhim madaniy diplomatiya markazi» deb baholadi.
Yashar Guler Abdusalom Zubiyni qabul qildi
Abdusalom Zubiy, chet elga boʻlgan ilk tashrifini Turkiyaga uyushtirdi.