Turkiya Germaniyaning “Der Spiegel” jurnalini qoraladi

Der Spiegelning Turkiyaga ajratilgan maxsus sonidagi jildida, Prezident Erdog’anning fotosurati va jome’ masjid minoralari raketa tarzida tasvir etilgan edi.

571217
Turkiya Germaniyaning “Der Spiegel” jurnalini qoraladi

Turkiya Germaniyaning “Der Spiegel” jurnalining Prezident Rajap Tayyip Erdog’anga o’rin bergan jildini qoraladi.

Bu haqida bayonot bergan Tashqi ishlar vazirligi voizi Tanju Bilgich, “Der Spiegel” jurnalining jildini islom dini haqidagi fikrlarga ham salbiy ta’sir ko’rsatuvchi tushuncha uyg’otishini belgilab o’tdi.  

Jildning Turkiyaning imidjiga ziyon yetkazishni ko’zlaganligini belgilab o’tgan Bilgich,

“Der Spiegel jurnalining yurtimizga ajratilgan maxsus sonidagi imidj, ko’ptan beri Yevropada bir guruh ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshirilmoqchi bo’lgan rejalarning yangi versiyasidir. Nomi tilga olingan jurnalning oxirgi sonidagi jild nafaqat Turkiya balki islom dini haqida ham kitobxonlarda salbiy tushuncha tug’diradigan ravishda tayyorlanganligi ma’lum” deya gapirdi.

Bilgich o’z bayonotini davom etar ekan,

“Xalq tomonidan saylangan Hurmatli Prezidentimizga ham farqli tushunchalar bilan ziyon yetkazishga qaratilgan say-harakatlarini ham keskin qoralaymiz” dedi.

Der Spiegelning Turkiyaga ajratilgan maxsus sonidagi jildida, Prezident Erdog’anning fotosurati va jome’ masjid minoralari raketa tarzida tasvir etilgan edi. Sarlavhasida esa “Bu mamlakat o’z erkinligini qo’ldan boy bermoqda”  degan ifodalarga o’rin berilgan.  

Jurnalda Fetullahchi terror tashkilotining (FETO), 15-iyuldagi qonli to’ntarish tashabbusida turk demokratiyasini mo’ljalga olganligini esa ko’rmaslikka olinganligi yaqqol ko’rinib turipdi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tanju Bilgich , #Der Spiegel , #Germaniya

Aloqador xabarlar