O’mer Chelik, 15-iyuldagi voqea bilan oldingi to’ntarish tashabbuslarini solishtirdi

O’mer Chelik, Adolat va taraqqiyot partiyasining Adanadagi viloyat bo’limi tomonidan Adananing Pozanti tumanida uyushtirilgan hayitlashish marosimida ishtirok etib, muhim masalalarga to'xtaldi.

571126
O’mer Chelik, 15-iyuldagi voqea bilan oldingi to’ntarish tashabbuslarini solishtirdi

Yevropa ittifoqi vaziri va Bosh muzokarachi O’mer Chelik, Fetullahchi terror tashkilotining 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusiga qarshi xalq kurashmaganida edi bugungi kunda Turkiyaning chet ellik kuchlar tomonidan bosib olingan bo’lishi mumkinligini aytdi.

O’mer Chelik, Adolat va taraqqiyot partiyasining Adanadagi viloyat bo’limi tomonidan Adananing Pozanti tumanida uyushtirilgan hayitlashish marosimida ishtirok etdi.

Marosimda PKK va FETO terror tashkilotlarini tergash faoliyatlari doirasida ishdan boshatilgan 28 nafar munitsipalitet rahbarlari va ular o’rniga tayin qilingan yangi munitsipalitet rahbarlari masalasiga to’xtalgan O’mer Chelik, bu kurashning terroristlarga yordam berganlarga qarshi olib borilganligini eslatib o’tdi.

Chelik bu haqida;

“Ular nima uchun tayin qilindi? Ulardan ba’zilari davlat tomonidan berilgan imkoni orqali FETOga, ba’zilari esa PKK terror tashkilotiga yordam beryapdi. Bu imkonlar sizga nima uchun berilgan? Xalqqa, davlatga xizmat qilishingiz uchun albatta. Agar bu imkon orqali siz xalqqa, davlatga emas aksincha xalq va davlat dushmani PKK va FETO terror tashkilotiga xizmat qilayotgan bo’lsangiz unda sizni ishdan boshatishga majburmiz. Bu yo'l bilan biz FETO va PKK terror tashkilotiga yordam bergan rahbarlar mentalitetiga qarshi kurash olib bormoqdamiz” dedi.

15-iyuldagi to’ntarish tashabbusiga to’xtalgan Chelik;

“15-iyuldagi to’ntarish tashabbusi boshqa to’ntarish tashabbuslaridan farqlidir. 1960, 1971 va 1980-yillardagi to’ntarish tashabuslari rejimni mo’ljallagan lekin 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusi davlatni bosib olishni, davlatning institutsional tizimini boshqa kuchga, chet ellik kuchlarga o’tkazib berishga qaratilgan bosib olish tashabbusidir. Shuning uchun ham 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusiga qarshi kurashganlarni, bu yurtning bosib olinishiga qarshi kurashganlar deyishimiz mumkin. Bu bir vatan himoyasi edi” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar