Erdog'an, Istanbuldagi hayitlashish marosimida nutq so'zladi

Erdog’an, Turkiya Ehtiyoriy shakllanish fondi (TGTV) tomonidan Istanbuldagi “Halich” kongress markazida uyushtirilgan va "79 million bir bayroq ostida” deb nomlangan hayitlashish marosimida nutq so’zladi.

570608
Erdog'an, Istanbuldagi hayitlashish marosimida nutq so'zladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an PKK, Fetullahchi terror tashkiloti (FETO) va DEASh kabi terror tashkilotlari orasida hech qanday farq yo’qligini aytdi.

Erdog’an, Turkiya Ehtiyoriy shakllanish fondi (TGTV) tomonidan Istanbuldagi “Halich” kongres markazida uyushtirilgan “79 million bir bayroq ostida” deb nomlangan hayitlashish marosimida nutq so’zladi.

Birdamlikning har qanday tahlikani bartaraf qilajagini ta’kidlagan Erdog’an;

“Agar bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqarmaganimizda edi unda na 2007-yildagi, na 2013-yildagi, na 17-25-dekabrdagi to’ntarish tashabbuslarida, na PKK va DEASh terror tashkilotlariga qarshi kurashlarda, na 15-iyul voqeasida muvaffaqiyatga erisholmasdik” dedi.

Erdog’an, terror tashkilotiga qarshi qarorlilik bilan, oxirigacha kurashajaklarini qayd etdi.

O’lim jazosi masalasiga ham to’xtalgan Erdog’an,

“Agar bir xalq, bir masala ustidan qaror qabul qilgan bo’lsa va u xalqning vakillari, parlamenti ham bu yo’lni maqullasa unda ana shu qarorga amal qilishdan boshqa iloj yo’qdir” dedi.

15-iyuldagi to’ntarish tashabbusining parda ortidagi o’yinlarini baholagan Erdog’an;

“Ma’lumki bu o’yin katta o’yin edi. 15-iyul, bu o’yinning yakuni emas aksincha bir bosqichi edi. Ular faqatgina Turkiyadagi emas balki Iroq, Suriya, Afg’oniston, Misr, Tunus va Livbiyadagi tartibni ham buzmoqchi. O’yinlar islom olamida, musulmon davlatlariga qaratilgan vaziyatda. Xalqimiz bizdan, huddi mana shu o’yinga mone’lik qilishimizni talab qilayapdi” deya gapirdi.

Erdog’an, Turkiyani yo’q qilish maqsadi ketidan yugirib yurgan yana bir tashkilotning PKK terror tashkiloti ekanligini belgilab o’tdi.

“PKK, FETO va DEASh orasida hech qanday farq yo’qdir. Ular bir-biri bilan bir xil. Hammasi huddi mana shu davlatga, huddi mana shu xalqga ziyon yetkazmoqchi” degan Erdog’an;

PKK terror tashkilotini qo’llab-quvvatlagan ba’zi munitsipalitet va munitsipalitet rahbarlari davlat imkonlaridan foydalanib terroristlarga yordam berganligini ifodalagan Prezident,

“Saylov orqali rahbarlik qilishlik hechkimga, hech qachon xalqga ziyon yetkazish huquqi bermaydi” dedi.

Suriya shimolini terror tashkilotlaridan qutqarish to’g’risidagi “Firat qalqoni” amaliyoti ham Erdog’anning kun tartibida edi.

Turkiyaning Suriyaga faqatgina odamgarchilik uchun yordam berayotganligini ta’kidlagan Erdog’an;

“Bizning Suriyadan hech qanday manfaatimiz yo’q. Suriya suriyaliklarnikidir. Buni bilishingizni xohlayman. Lekin Turkiya Suriyadan tuproq talab qilmayapti deya hech kim o’zicha o’tirib hisob-kitob qilib yurmasin. Bu borada ogohlantiramiz. Biz uzoq yillardan buyon ittifoqchi davlatlar bilan qanday hamkorlik qilgan bo’lsak buning ham ulardan farqi yo’q. Suriya xalqi xursand bo’lgan bu vaziyatdan faqatgina terror tashkilotlari bezordir. Shunday ekan biz, to’g’ri yo’ldamiz” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar