Turk Qurolli Kuchlari Iroqning shimolida operatsiya o'tkazdi

Turk Qurolli Kuchlariga tegishli jangovar samolyotlar Iroqning shimolidagi Avashin-Basyan va Qandildagi terror makonlariga havodan hujum qildi.

569493

Operatsiyada 13 terrorist o'ldirildi.

Shuningdek, Turk Qurolli Kuchlari tomonidan Suriyadagi Tell Al-Havaning janubida o'tkazilgan operatsiyada DAISh tomonidan qo'llanilgan 3 ta bino, 1 ta transport va 1 ta mototsikl portlatildi, 20 terrorist o'ldirildi.

Turkiya Harbiy Bosh shtabi ma'lum qilishicha, 10 sentyabr kuni 19:38 da Suriyadagi Tell Al Hava janubida operatsiya o'tkazildi.

Topshiriqni muvaffaqiyatli bajargan jangovar samolyotlar bazaga kelib qo'ndi.

Tanlangan kalimalar: #Turk Qurolli Kuchlari , #operatsiya , #Suriya , #Iroq

Aloqador xabarlar