Turkiya Isroil shartnomasi bugun rasmiy gazetada chop etildi

Kuchga kirgan shartnomaga muvofiq Isroil, voqeada jon berganlarning oilalariga 20 million dollar konpensatsiya to’laydi.

568498
Turkiya Isroil shartnomasi bugun rasmiy gazetada chop etildi

Turkiya bilan Isroil o’rtasida 2010-yili yuz bergan Moviy Marmara voqeasi ortidan konpensatsia to’lanmasligi haqidagi kerakli shartnoma bugun rasmiy gazetada chop etildi.

Kuchga kirgan shartnomaga muvofiq Isroil, voqeada jon berganlarning oilalariga 20 million dollar konpensatsiya to’laydi.

25 kun ichida to’lanadigan konpensatsiyani turk maqomlari qurbonlar oilasiga tarqatib beradi.

Shartnomaga muvofiq Moviy Marmara voqeasiga aralashgan Isroil fuqarolari esa huquqiy javobgarchilikdan ozod etiladi.  

2010-yilning 31-mayida G’azoga, gumanitar yordam olib ketayotgan 6 ta kemaga Isroil kuchlari tomonidan hujum qilinishi oqibatida 9 nafar turk fuqarosi jon berib, kemalardagi onlab faol tan jarohati olgan edi.

 



Aloqador xabarlar