Turkiya va Rossiya prezidentlari Xitoyda uchrashuv amalga oshirdi

Mintaqaviy va siyosiy masalalarni muhokama qilgan ikki davlat rahbari Rossiya bilan Turkiya o’rtasida energiya sohasida amalga oshiriladigan tashabbuslar munosabatlarni yana ham rivojlantirishini ma’lum qildilar.

564777
Turkiya va Rossiya prezidentlari Xitoyda uchrashuv amalga oshirdi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Xitoy Xalq Respublikasida bo’lib o’tayotgan G-20 sammitida ishtirok etmoqda.

Erdog’an kecha sammitga tashrif buyurgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Mintaqaviy va siyosiy masalalarni muhokama qilgan ikki davlat rahbari Rossiya bilan Turkiya o’rtasida energiya sohasida amalga oshiriladigan tashabbuslar munosabatlarni yana ham rivojlantirishini ma’lum qildilar.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa, 15 iyul voqealaridan so’ng, Turkiya bilan Rossiya munosabatlari yaxshilanganini aytib, buni ijobiy baholaganini tilga oldi.

Putinning aytishicha, Turkiya terrorizmga qarshi kurashda qiyin davrni boshidan o’tkazmoqda, turli tahdidlarga uchramoqda.

Eslatma: Turkiya havo maydoni qoidalarini buzgan rus jangovar samolyotining 24 noyabrda urib tushirilishi oqibatida yuzaga kelgan sovuqlik joriy yilning 9 avgust kuni Sankt Peterburgdagi uchrashuv natijasida bartaraf etilgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rossiya , #Xitoy , #G-20 sammiti , #Putin , #Erdog'an

Aloqador xabarlar