Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Amerika Prezidenti Barack Obama bilan uchrashdi

45 daqiqa davom etgan uchrashuvda Suriya, “Firat qalqoni” operatsiyasi va terrorizmga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi.

564809
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Amerika Prezidenti Barack Obama bilan uchrashdi

Xitoyda bo’lib o’tayotgan G-20 sammiti munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasining Hangcou shahrida bo’lgan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Amerika Prezidenti Barack Obama bilan uchrashdi.

45 daqiqa davom etgan uchrashuvda Suriya, “Firat qalqoni” operatsiyasi va terrorizmga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda, PKK, PYD, DAISh kabi terror tashkilotlariga qarshi kurash olib borgan Turkiya janubdagi chegaralari atrofida terror unsurlariga imkon berilishini qat’iyan man qilishi tilga olindi.

Hay’atlararo uchrashuv chog’ida Erdog’an Fathullohchi terror tashkilotining 15 iyuldagi to’ntaruv tashabbusi oldida Turkiyani qo’llab quvvatlagan Amerika Qo’shma Shtatlariga minnatdorchilik bildirdi.

Qonli terror voqealari bilan to’ntaruv tashabbusi birin-ketin sodir bo’lganiga e’tibor qaratgan Erdog’an, Fathullohchi terror tashkiloti lideri Fathulloh Gulenni Turkiyaga qaytarib berilishini talab qilish maqsadida uning qilmishlarini fosh qiluvchi dalillar Amerikaga jo’natilganini ma’lum qildi.

Obamaning aytishicha, 15 iyul voqealari oldida turk xalqi demokratiyaga bo’lgan ishonchini namoyish qildi.

So’ngi voqealarda Turkiyada halok bo’lganlar uchun ta’ziya bildirgan Obama Turkiya hukumatini va xalqini qo’llab quvvatlashini, to’ntaruvga qo’l urgan isyonchilarni sudlashda qo’lidan kelgancha yordam berishini ma’lum qildi.

Shuningdek, Obama qochqinlarning yukini zimmasiga olgan Turkiyaga yordam o’tkazish kerakligiga e’tibor qaratdi.

Turkiya DAIShga qarshi kurashda Amerikaning eng muhim hamkori ekanini tilga olgan Obama, bu hamkorlikni davom ettirish tarafdori ekanini ma’lum qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Obama , #Erdog'an , #G-20 sammiti , #uchrashuv , #Xitoy , #terrorizm

Aloqador xabarlar