Turkiyada “Buyuk g’alaba bayrami”ni nishonlash marosimi boshladi

Bundan roppa-rosa 94 yil muqaddam erishilgan g’alaba, har yili bo’lganidek bu yil ham Turkiyada keng nishonlanmoqda.

561811
Turkiyada “Buyuk g’alaba bayrami”ni nishonlash marosimi boshladi

Bugun 30-avgust Turkiyada “Buyuk g’alaba”ga 94 yil to’ldi.

Bundan roppa-rosa 94 yil muqaddam erishilgan g’alaba, har yili bo’lganidek bu yil ham Turkiyada keng nishonlanmoqda.

Bayram marosimi, Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning Anitqabrni ziyorati bilan boshladi.

Anitqabrga gulchambar qo’yilganidan keyin Prezident, bosh qo’mondon sifatida tabriklarni qabul qildi.  

Ortidan Anitqabrdagi xotira daftarchaga imzo chekgan Prezident u yerda,

“Siz omonat qilgan bu aziz vatanni, jonimiz evaziga himoya qilishni va kengaytirishni davom ettiramiz” deb yozdi.

Erdog’an, “15-iyul kuni kechasi o’rtaga qo’yilgan iroda bizning eng yirik ishonch manbaamizdir” degan jumlalarga o’rin bergan xotirasida, terror tashkilotlarining hujumlariga qarshi birlik va birdamlik ichida kelajak uchun kurash olib borishni davom ettirganliklarini ma’lum qildi.

Erdog’an oqshom soatlarida esa Prezidentlik qarorgohida, 15-iyul va terror shahidlarining oilalari bilan birgalikda uchrashadi.

Shu jumladan muxolifat partiyalaridan Jumhuriyat xalq partiyasi ham “Buyuk G’alaba bayram”iga atab yurish uyushtirmoqchi.

Soat 18:30 da boshlashi rejalashtirilgan yurish, poytaxtning Qiziloy tumanida boshlab, Anitqabrda o’z nihoyasiga yetadi.



Aloqador xabarlar