Turkiya Amerikani ogohlantirdi

Amerikaning Turkiyadagi elchisi John Bass Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

562104
Turkiya Amerikani ogohlantirdi

Turkiya Suriyaning Jarablus tumanida davom etgan "Firat qalqoni" operatsiyasi haqidagi qo'pol ifodalari uchun Amerikani ogohlantirdi.

Amerika Mudofaa vazirligi:"Suriyada terror tashkiloti DAISh bo'lmagan hududlarda to'qnashuvni qabul qilmaymiz",-degan edi.

Shu munosabat bilan Amerikaning Turkiyadagi elchisi John Bass Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va Turkiyaning bu ifodalarga nisbatan e'tirozlari elchiga ma'lum qilindi.

Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Feridun Sinirliog'lu Amerika elchisi John Bassni qabul qildi.

Qabul chog'ida, Feridun Sinirliog'lu:"Amerika rasmiylarining "Firat qalqoni" bilan bog'liq aytgan ifodalarini qabul qilmaymiz",-dedi.

Shuningdek, mamlakatning terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori PYD/YPGning Firat daryosining sharqiga chekinishi bo'yicha bergan va'dalarini bajarishi zarurligi haqida ogohlantirdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Amerika , #AQSh , #Firat qolqoni , #Suriya

Aloqador xabarlar