Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu Yunonistonda...

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu Girit orolida Yunoniston Tashqi ishlar vaziri Nikos Kojias bilan uchrashdi.

561184
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu Yunonistonda...

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu Yunoniston Tashqi ishlar vaziri Nikos Kojiasning taklifiga binoan Yunonistonga safar qildi.

Mevlud Chavushog’lu Girit orolida Yunoniston Tashqi ishlar vaziri Nikos Kojias bilan uchrashdi.

Mevlud Chavushog’lu uchrashuv chog’ida Fathullohchi terror tashkilotining 15 iyuldagi hukumatni to’ntarish tashabbusi oldida Turkiyani qo’llab quvvatlagan Yunonistonga minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, ikki davlat tashqi ishlar vazirlari mintaqadagi o’zgarishlar va ikki davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni muhokama qildi.

Kiprda davom etgan muzokara jarayoniga to’xtalgan Mevlud Chavushog’lu: “Masalani hal qilish maqsadida yuritilgan sa’y-harakatlarni qo’llab quvvatlaymiz”,-dedi.

Yunoniston Tashqi ishlar vaziri Nikos Kojias ham Chavushog’luning tashrifi nafaqat ikki davlat kelajagi, balki mintaqa kelajagi uchun ham katta ahamiyat kasb etishini tilga oldi.

Turkiyada 15 iyul kuni sodir bo’lgan to’ntaruv tashabbusiga to’xtalgan Kojias: “Yunon xalqi Turkiyani qo’llab quvvatlaydi”,-dedi.

Yunonistonga qochishga muvaffaq bo’lgan harbiy isyonchilar masalasiga to’xtalgan Yunoniston Tashqi ishlar vaziri Nikos Kojiasning aytishicha,  bu harbiylarning to’ntaruv tashabbusiga qanchalik aloqador ekani aniqlangach, Yunoniston va Yevropa qonun-qoidalariga binoan qaror chiqariladi.

Turkiyadan Yunonistonga qochgan 8 nafar harbiy isyonchi hozirda Yunoniston sudiga ifoda bermoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar