Turk Qurolli Kuchlari “Firat qalqoni” operatsiyasini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda

Jangovar samolyotlar ishtirokida yuritilgan operatsiyada Jarablusda 10 nafar qishloq, Rai hududida esa, 3 nafar qishloq butunlay terroristlardan tozalandi.

561239
Turk Qurolli Kuchlari “Firat qalqoni” operatsiyasini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda

Turk Qurolli Kuchlari Suriyaning Jarablus tumanida “Firat qalqoni” operatsiyasini davom ettirmoqda.

Jarablusni terroristlardan tozalash maqsadida yuritilgan operatsiyada terror tashkiloti PKKga a’zo 25 terrorist o’ldirildi.

Operatsiyalar Amerika boshchiligidagi koalitsiya kuchlari tomonidan ham qo’llab quvvatlanmoqda.

Jangovar samolyotlar ishtirokida yuritilgan operatsiyada terroristlar tomonidan foydalanilgan 5 ta bino portlatildi.

Bundan tashqari, Jarablusda 10 nafar qishloq, Rai hududida esa, 3 nafar qishloq butunlay terroristlardan tozalanib, Mustaqil Suriya qo’shini tomonidan nazorat qilinishiga imkon yaratildi.

Operatsiya davom etar ekan, Mustaqil Suriya qo’shini Turk Qurolli Kuchlarining hissasi bilan mamlakat g’arbi va janubidagi nazoratni qo’lga kiritmoqda.

“Jarablus hududida Amerina Ayn Al Bayda, Babish, Balaban, Suraysat, Jebel Kussa, Qirq mag’ara, Kirata, Quyi Amerina va Az Zahiriyah qishloqlari bilan Rai hududida Ayyashe, Shayh Yaqub va Kersanli qishloqlari terror guruhlardan tozalandi. Ushbu hududlarning nazorati Mustaqil Suriya qo’shiniga topshirildi”,- deya ma’lum qiladi Turkiya Bosh vazirlik koordinatsiya markazi.

Ma’lumotga ko’ra, operatsiyada chegara hududlaridagi terrorist guruhlar bartaraf etilib, aholiga gumanitar yordam tarqatish ishlari olib borilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar