Erdog’an, Turk Qizil yarim oy jamiyati vakillarini qabul qildi

Matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tgan qabul ortidan jurnalistlarga bayonot bergan Kerem Kinik, Prezident Erdog’an va oilasining qurbonlik vakolatlarini, Qizil yarim oy jamiyatiga bermoqchi ekanligini ma’lum qildi.

560623
Erdog’an, Turk Qizil yarim oy jamiyati vakillarini qabul qildi

Turk Qizil yarim oy jamiyati rahbari Kerem Kinik, Qizil yarim oy jamiyatining Jerablusga qaratilgan yordami haqida Prezident Erdog’anga ma’lumot berdi.

Prezident Erdog’an Kerem Kinik bilan Qizil yarim oy jamiyatining boshqaruv va kuzatuv kengashi a’zolarini Istanbulning Tarabya tumanida o’rin olgan “Hubur” ko’shkida qabul qildi.

Kinik, matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tgan qabul ortidan jurnalistlarga bayonot berar ekan kecha Qizil yarim oy jamiyati tomonidan Suriyaning Jerablus mintaqasiga olib borilgan gumanitar yordam va mintaqadagi oxirgi vaziyat haqida Erdog’anga ma’lumot berganliklarini aytdi.

Erdog’an va oilasining qurbonlik vakolatlarini, Qizil yarim oy jamiyatiga bermoqchi bo’lganligini belgilab o’tgan Kinik;

“Ana shu vakolatlarni qabul qilib oldik. O’zlari qurbonliklarini Jerablusda, Halabda, Turkman tog’larida, sel falokati tufayli murakkab kunlarni boshdan kechirayotgan Makedoniyaning Uskup shahrida, Somalida, Falastinda, G’azoda soyilishini xohlaganligini bildirib, bizga vakolat berdi” dedi. Shuningdek Kinik, Qizil yarim oy jamiyatining chegara tanimagan yordamlarining Suriyaning shimolida, ayniqsa qiyin kunlarni boshdan kechirayotgan mintaqalarda davom etganligini ta’kidladi.

Kinik Jerablusda, Qizil yarim oy jamiyatining mobil oshxonasi orqali bir kunda 5 ming kishiga 3 mahal issiq ovqat yetkazib berganligini qayd etib, 3 kundan beri ham oziq-ovqat yordamlarining davom etganligini, yordamlarning ayniqsa Jerablusga qaytgan, Jerablusning sobiq aholisiga qaratilganligini qo’shimchalab o’tdi.  

Kinik, Erdog’an bilan Qurbon hayiti jarayonida G’azoga yuboriladigan ikkinchi yordam kemasini ham qo’lga olganligini ifodalab, birinchi yordam kemasining qanday tarqatilganligi va uning falastinliklar tomonidan qanday qabul qilinganligi haqida ham Erdog’anga ma’lumot berganliklarini aytib o’tdi.

Kerem Kinik, Qurbon hayiti chog’ida Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyat Boshqaruv raisi bilan birga Somali va Efiopiyaga ikkinchi kemani yuborajaklarini ham bildirdi.

  

 



Aloqador xabarlar