Turkiyada Mulk fondi tuzilishiga doir qonun tasdiqlandi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an davlatga oid mulk fondining tashkil topishi va boshqa ba’zi qonunlarning o’zgartirilishiga doir qonunni tasdiqladi.

559752
Turkiyada Mulk fondi tuzilishiga doir qonun tasdiqlandi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an davlatga oid mulk fondining tashkil topishi va boshqa ba’zi qonunlarning o’zgartirilishiga doir qonunni tasdiqladi.

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Prezident Erdog’an Turkiya Mulk fondi anonim shirkatini tuzish va boshqa ba’zi qonunlarning o’zgartirilishiga doir qonunni tasdiqlab, rasmiy gazetada chop etilishi uchun Bosh vazirlikka jo’natgan.

Qonunga ko’ra, Bosh vazirlikka qarashli Turkiya Mulk fondi va bunga bog’liq quyi fondlar tashkil qilish va uni boshqarish maqsadida Turkiya Mulk fondi boshqaruvi anonim shirkati tuziladi.

Mazkur fond sarmoya bozorlarida vosita turlarini ko’paytirish va bunga hissa qo’shish, mamlakatda davlatga tegishli mulklarning iqtisodiyotga hissa qo’shishini ta’minlash, tashqi davlatlardan manba ta’minlash, strategik katta hajmdagi investitsiyalarga hissa qo’shish kabi xususlarni o’z ichiga oladi.

Shirkatning 50 mln lirani tashkil qilgan sarmoyasi xususiylashtirish fondidan ta’minlanadi.

Shirkatning kamida 5 mutahassisdan tashkil topgan boshqaruv kengashi, bosh direktori va a’zolari bosh vazir tomonidan tayinlanadi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #fond , #mulk , #prezident , #shirkat , #sarmoya

Aloqador xabarlar