Tunjelidagi otishmada 1 askar shahid bo’ldi

Turkiyaning Tunjeli viloyatida, jandarm stantsiyasiga qarshi PKK terror tashkiloti a’zolari stvolli o’qotar qurol orqali hujum uyushtirildi.

556460
Tunjelidagi otishmada 1 askar shahid bo’ldi

Turkiyaning Tunjeli viloyati, Nazmiye tumanida jandarm stantsiyasiga qarshi PKK terror tashkiloti tomonidan hujum uyushtirildi. Ushbu hujum oqibatida 1 askar shahid bo’lar ekan, 3 askar tan jarohati oldi.

Talon-taroj orqali qo’lga kiritgan bitta savdo transporti orqali Nazmiye tumaniga bostirib kirgan PKK terror tashkiloti a’zolari, tumandagi Jandarm stantsiyasiga qarshi stvolli o’qotar qurol orqali hujum qildi.

Askarlarning hujumga qarshi tezlik bilan qarshilik ko’rsatishi natijasida otishma yuz berdi.

Otishma chog’ida 1 nafar terrorist o’ldirildi.

Buning ortidan qochib qolgan terroristlarni yo’q qilish uchun mintaqada amaliyot boshlatildi.


Tanlangan kalimalar: #Tunjeli , #jandarm stantsiyasi , #otishma

Aloqador xabarlar