Suriyada tinchlik o’rnatishda, Rossiya hal qiluvchi rol o’ynaydi

Bu so’zlar Rossiyaning “Sputnik” axborot agentligiga intervyu bergan Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’liga oid.

554947
Suriyada tinchlik o’rnatishda, Rossiya hal qiluvchi rol o’ynaydi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Suriyada tinchlik o’rnatishda Rossiya hal qiluvchi rol o’ynashligini aytdi.

Chavusho’g’li, Rossiyaning “Sputnik” axborot agentligiga bergan intervyusida Turkiya va Rossiyaning mintaqadagi bir-biriga do’st ikki davlat ekanligini ifodaladi.

Rossiya va Turkiya munosabatlarining qayta tiklanishidan oldin, “Rossiya bilan o’z munosabatlaringizni yo’lga qoysangiz yaxshi bo’lardi” degan davlatlarning, bugungi kunda nimagadir bu vaziyatni yoqtirmaganligiga e’tibor qaratgan Chavusho’g’li, “Afsuski samimiy emaslar” deya gapirdi.

Suriyadagi vaziyatni, harbiy yo’l orqali hal qilishning imkonsiz ekanligini qayd etgan Mevlut Chavusho’g’li,

“Shuning uchun ham Suriyadagi vaziyatni hal qilish uchun biz Rossiya bilan birgalikda ish olib borishimiz darkor. Bu borada hozirdan boshlab o’q uzishni to’xtatishimiz kerak” dedi.  

Suriyaning chegarasi, Suriyaning tuproq butunligi to’g’risida Rossiya va Eronning, Turkiya bilan bir xil fikrda ekanligini qayd etgan Chavusho’g’li, Moskva rahbariyati o’z hissasini qo’shmasdan Suriya muammosi doimiy ravishda hal bo’lmaydi. Hatto, bu borada Eron bilan bo’lgan hamkorlikning mustahkamlanishi kerakligini aytdi.

Chavusho’g’li, Rossiya bilan mudofaa sanoati sohasida hamkorlik olib borilishi mumkinligini aytar ekan, buni amalga oshirgan NATO davlatlari borligini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar