Turkiya Shimoliy Kipr Turk Respublikasining suvga bo'lgan ehtiyojini ta'minlamoqda

“Shimoliy Kipr Turk Respublikasini suv bilan ta’minlash” loyihasi asosida mamlakatga yilda 75 mln kub metr suv yetkazilishi rejalanmoqda.

553052
Turkiya Shimoliy Kipr Turk Respublikasining suvga bo'lgan ehtiyojini ta'minlamoqda

Turkiyadan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga 19 mln kub metr suv yetkazildi.

 “Shimoliy Kipr Turk Respublikasini suv bilan ta’minlash” loyihasi asosida Anamur Dragon daryosi ustiga qurilgan Alako’pru suv omboridan ta’minlangan suv Girne shahridagi Gechitko’y suv omboriga quyiladi.

Bu loyiha mutahassislar tomonidan “Asrning loyihasi” deb baholanmoqda.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Shimoliy Kipr Turk Respublikasidagi suv tanqisligini tubdan hal qilishga doir topshiriq bergach, yillar mobaynida suv tanqisligiga duch kelgan mamlakatning suvga bo’lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida ushbu loyiha ishlab chiqilgan edi.

Loyiha doirasida 2015 yilning 17 oktyabr oyidan e’tiboran to’xtovsiz ravishda Turkiyadan mamlakatga suv yetkazila boshladi.

Shuningdek, loyiha asosida mamlakatning uzoq muddatli suvga bo’lgan ehtiyojini ta’minlash uchun orolga yilda 75 mln kub metr suv yetkazilishi rejalanmoqda.

 



Aloqador xabarlar