Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Turkiya Advokatlar uyushmasi rahbari Metin Feyziog’luni qabul qildi

Erdog’an qabul chog’ida Fathullohchi terror tashkilotining 15 iyuldagi to’ntaruv tashabbusi xalqning kuchi bilan bostirilganini ma’lum qildi.

553212
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Turkiya Advokatlar uyushmasi rahbari Metin Feyziog’luni qabul qildi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Turkiya Advokatlar uyushmasi rahbari Metin Feyziog’lu va hamrohligidagi delegatsiyani prezidentlik saroyida qabul qildi.

Prezident R.T.Erdog’an Turkiyaning huquq davlati bo’lib qolishini bildirdi.

Erdog’an qabul chog’ida Fathullohchi terror tashkilotining 15 iyuldagi to’ntaruv tashabbusi xalqning kuchi bilan bostirilganini ma’lum qildi.

Erdog’an: “Advokatlar uyushmasi rahbarlari shunga ishonsinlarki, Turkiya bir huquq davlatidir va huquq davlati bo’lib qoladi. Mamlakatimizga va xalqimizga qarshi jang qilgan xoinlarga nisbatan kurash huquq davlati qonun-qoidalariga binoan amalga oshirildi”,-dedi.

Erdog’an: “Turk xalqi to’ntaruv tashabbusini bostirishga muvaffaq bo’ldi. Xoinlar qanchalik vijdonsiz bo’lsa, xalqimiz shunchalik jasur va kuchlidir”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #advokatlar uyushmasi , #qabul

Aloqador xabarlar