Turkiya ba’zi xorij davlatlariga yangi elchi tayinladi

Mazkur qarornomaga binoan, Turkiyaning BMTdagi doimiy vakili elchi Yashar Halit Chevik Turkiyaning Yunonistondagi yangi elchisi etib tayinlandi.

552625
Turkiya ba’zi xorij davlatlariga yangi elchi tayinladi

Turkiya ba’zi xorij davlatlariga yangi elchi tayinladi.

Bunga doir qarornoma rasmiy gazetada chop etildi.

Mazkur qarornomaga binoan, Turkiyaning Yunonistondagi elchisi Kerim Uras va Turkiyaning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi Mustafa Levent Bilgen Turkiyaga chaqirildi.

Turkiyaning BMTdagi doimiy vakili elchi Yashar Halit Chevik Turkiyaning Yunonistondagi yangi elchisi etib tayinlandi.

Tahsin Tunch Ug’dil Turkiyaning Polshadagi elchisi, Can Dizdar esa, Turkiyaning Birlashgan Arab Amirliklaridagi yangi elchisi etib tayinlandi.

Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Feridun Sinirliog’lu Turkiyaning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga tayinlandi.

 



Aloqador xabarlar