Daniyadagi turk maktablari islomofobiyaning o'ljasiga aylanmoqda

Daniyaning Fuglebjerg shahridagi “Mina Hindholm” nomli turk maktabining devorlariga islomga qarshi haqoratomuz so’zlar yozib ketilgan.

551402
Daniyadagi turk maktablari islomofobiyaning o'ljasiga aylanmoqda

Yevropa miqyosida avj olgan millatchilik va islomofobiya bu safar Daniyada o’zini namoyon qildi.

Daniyaning Fuglebjerg shahridagi “Mina Hindholm” nomli turk maktabining devorlariga islomga qarshi haqoratomuz so’zlar yozib ketilgan.

Maktab direktori Ahmet Ihsan Deniz Daniyada ilk marta bunday holatga guvoh bo’lganini va bundan xavotirda ekanini ma’lum qilgan.

Maktab o’quvchilari ham bu holatdan xavotirlanar ekan, o’qituvchilar esa, irqchilikning maktab o’quvchilari orasida ham avj olishidan hadiksiramoqda.

Politsiya xodimlari maktabning devoriga islomga qarshi haqoratomus so’zlarni yozib ketgan shaxslarga qarshi tergov yuritmoqda.

 



Aloqador xabarlar