Yunon orollariga otlangan immigrantlar soni 10 kun ichida 227 barobar oshdi

Turkiya Sohil xavfsizlik boshqarmasi xodimlari Egey dengizi va O’rta Yer dengizida 10 kun ichida jami 560 ta immigrantni qo’lga tushirar ekan, bu raqam avvalgi oyda 171, iyun oyida esa, 538 nafarni tashkil qildi.

550008
Yunon orollariga otlangan immigrantlar soni 10 kun ichida 227 barobar oshdi

Yevropada yaxshi yashash umidida noqonuniy yo’llar bilan Yunon orollariga tomon otlangan immigrantlar soni 10 kun ichida 227 barobar oshgani kuzatildi.

Turkiya Sohil xavfsizlik boshqarmasi xodimlari Egey dengizi va O’rta Yer dengizida 10 kun ichida jami 560 ta immigrantni qo’lga tushirar ekan, bu raqam avvalgi oyda 171, iyun oyida esa, 538 nafarni tashkil qildi.

Taxminan, bir oy ichida qo’lga tushirilgan immigrantlar soni esa, ming nafarga yaqinlashdi.

Sohil xavfsizlik boshqarmasi xodimlari Egey dengizi va O’rta Yer dengizida yanvar oyida 5506, fevral oyida 8474, mart oyida 8530, aprel oyida 1717, may oyida 1109, iyun oyida 538 va iyul oyida esa, 881 ta bo’lib, jami 27588 nafar noqonuniy immigrantni qo’lga tushirdi.

 

 



Aloqador xabarlar