Turk xalqi Istanbuldagi miting maydonini to'ldirdi

Kecha Istanbulning Yenikapi dahasida o’tkazilgan Demokratiya va shahidlar mitingiga mamlakatning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan xalq mustaqillik ramzi bo’lgan turk bayroqlari bilan qatnashdi.

547266
Turk xalqi Istanbuldagi miting maydonini to'ldirdi

Kecha Istanbulning Yenikapi dahasida o’tkazilgan Demokratiya va shahidlar mitingiga mamlakatning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan xalq mustaqillik ramzi bo’lgan turk bayroqlari bilan qatnashdi.

Turk xalqining birdamlik va hamjihatligi namoyon bo’lgan mitingda davlatni to’ntarishga qatnashgan vatan xoinlari qoralandi.

Miting paytida nafaqat Istanbulda, balki Ankarada ham qo’llarida turk bayroqlarini, Ulug’ dohiy Mustafo Kamol Otaturk va Prezident R.T.Erdog’anning portretlarini ko’targan xalq maydonlarda to’plandi, “Shahidlar o’lmas, vatan bo’linmas” shiorlari bilan chiqdi.

Turkiyaning butun viloyatlaridagi maydonlarda to’plangan aholi Demokratiya va shahidlar mitingini ulkan ekranlar vositasida tomosha qildi.

Mitingda avvalo hurmat ma’nosida sukut saqlandi va Istiqlol gimni kuylandi. So’ngra, shahidlar ruhiga qur’on tilovat qilindi, futiha o’qildi.

Izmirda “Konak” maydonida to’plangan xalq turk bayroqlarini ko’tarib, Fathullohchi terror tashkilotini qoraladi.

Prezident Erdog’anni qo’llab quvvatlagan xalq, “Turkiyam” qo’shig’ini kuyladi.

Shanliurfada esa, “Robiya” maydonida o’tkazilgan mitingda turklar, arablar, kurdlar, xatto suriyalik qochqinlar ham 40 daraja issiqqa qaramasdan hukumatni qo’llab quvvatladi.

Antaliyada esa, “Jumhuriyat” maydonida to’plangan aholi Prezident Erdog’anning Istanbuldagi mitingda so’zlagan nutqini ulkan ekranlar vositasida qunt bilan tingladi.

Cho’rum viloyatida ham “Hurriyat” maydonida to’plangan xalq to’ntaruv tashabbusi paytida halok bo’lganlarni yodga oldi, Turkiyaning kelajagi uchun duo qildilar.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar