Kecha Istanbulda, unutilmas tarixiy miting bo’lib o’tdi

Istanbulda bo’lib o’tgan ushbu tarixiy mitingda iqtidor va muxolifat partiya raislari bilan birga Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar ham nutq so’zladi.

547434
Kecha Istanbulda, unutilmas tarixiy miting bo’lib o’tdi
ismail kahraman.jpg
binali yıldırım.jpg
hulusi akar.jpg
kemal kılıçdaroğlu.jpg
devlet bahçeli.jpg

Tarixiy, “Demokratya va shahidlar miting”i uchun tong sahardan e’tiboran Istanbuldagi “Yenkapi” maydoniga qarab yo’l olgan millionlab aholining hayajoni, Prezident Erdog’anning maydonga tashrif buyurishi bilan avj oldi.

Bosh vazir shuningdek, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Binali Yildirim, Respublika xalq partiyasi raisi Kemal Kilichdaro’g’li va Milliyatchi harakat partiyasi raisi Devlet Bahchelining, maydonda yig’ilgan xalqga birgalikda salom berishi, millionlab aholining birlik tuyg’usini mustahkamlab yubordi.  

Mitingda avval shahidlar uchun bir daqiqalik sukut saqlanar ekan ortidan davlat madhyasi yangradi. Diyonat ishlari rahbari Mehmet Go’rmez, 15-iyuldagi xoin voqea oqibatida shahid bo’lgan 240 nafar fuqaro uchun maydonda yig’ilganlar bilan birgalikda duo qildi.

Mitingda Milliyatchi harakat partiyasi raisi Devlet Bahcheli birinchilardan bo’lib nutq so’zladi.

Devlet Bahcheli o’z nutqida, “15-iyul kuni yangidan tug’ilishning suyunchisini berdingiz” der ekan, Turkiyaning rivojlanishini, o’z taqdirini himoya qilishini faxr bilan tomosha qilganligini ifodaladi.

Bahcheli shuningdek;

“Zolimlar bu gal turk askari qiyofasiga kirdi. Dono va ustoz bo’lib ko’ringan bu terrorist, o’zining jinoyatchi tashkilotiga Turkiyani bombalash haqida buyruq berdi” deya gapirdi.

Ana shu kuni tanklarga qarshi milliy vijdonlarning kurashganligini qayd etgan MHP raisi, turk xalqining otilgan o’qlarga qarshi, gul bog’iga ketayotgandek o’z oyoqlari bilan yurib borganligini ta’kidladi.

Bahchelidan so’ng nutq so’zlagan Respublika xalq partiyasi raisi Kemal Kilichdaro’g’li, yuz bergan dahshatli voqeadan barcha siyosiylarning saboq olishi kerakligini qayd etdi.

Shuningdek Turkiya uchun jome’ masjidida, kazarmada, sud binosida siyosatga yo’l qo’yilmasligi kerakligini ta’kidlagan Kilichdaro’g’li, nima bo’lishidan qat’iy nazar demokratiyaning himoya qilinishi shartligiga e’tibor qaratdi.

“Yashasin demokratiya” degan Kilichdaro’g’li, xalq irodasini orab olgan har qanday to’siqning yo’q qilinishi kerakligini belgilab o’tdi.

 

Respublikani himoya qilish barcha turk fuqarosining vazifasi ekanligini ta’kidlagan Kilichdaro’g’li, parlament tizimining yana-da mustahkamlanishi kerakligini talab qildi.

Kilichdaro’g’lidan keyin tribunaga tashrif buyurgan Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Hulusiy Akarni maydondagi xalq, gulduros qarsaklar ostida kutib oldi.

Hulusiy Akar, 15-iyul kuni Turk qurolli kuchlar tarkibiga sizib kirgan bir guruh FETO a’zosi terroristning o’z vataniga va xalqiga xiyonat qilganligini qayd etar ekan buning jazosini esa, xalqning o’zi berganligini ta’kidladi.

O’z vataniga va xalqiga xiyonat qilgan bu terroristlarning, Turk qurolli kuchlarining haqiqiy a’zolaridan bo’lak qo’lga olinganligi tufayli hursand bo’lganligini belgilab o’tgan general Hulusiy Akar, Turk qurolli kuchlarining haqiqiy qahramon a’zolarining davlat va xalq xizmatida ekanligini ta’kidladi.

Bosh vazir Binali Yildirim esa o’z so’zini, maydonni to’ldirgan barcha muxolif siyosiy partiya raislari va a’zolariga salom berish bilan boshladi.

“Turkiyaning 81 viloyati va Shimoliy Kipr Turk Respublikasidan mitingni tomosha qilayotgan barchaga salom” degan Binali Yildirim, 15-iyulning, turk xalqining 2-Milliy kurashi ekanligini ta’kidladi.

“Bu xalq tuproq ustida ahmoqlardek yashash o’rniga, tuproq ostida g’urur bilan yotishni tanladi” degan Bosh vazir, PKK terror tashkilotining ham fuqarolar orasiga nafrat urug’i sepishlariga ruxsat berilmasligini aytdi.

15-iyulning mikroblardan tozalangan kun ekanligini qayd etgan Yldirim, xalqni bezovta qilgan barcha unsurlarning bartaraf qilinajagini belgilab o’tdi.

Yildirim, “FETO rahbari Turkiyaga qaytib keladi va albatta 15-iyul uchun javob beradi” dedi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Ismail Kahraman ham o’z nutqida, xoin tashabbus yuz bergan 15-iyul kechasi TBMMning xalq xizmatida ekanligini eslatib o’tdi.

To’ntarshchilarning huddi ana shu kecha majlisga bomba otganligini aytgan Kahraman, buning bir xalq qalbiga qaratilganligini ta’kidladi.

Faqat xalqning kuchi va qudrati natijasida bu xoin tashabbusning bostirilganligini belgilab o’tgan Ismail Kahraman, to’ntarishlar tarixining ham shu bilan o’z nihoyasiga yetganligini ta’kidladi.

O’z umidini Turkiyaga bog’lagan ko’ngil hududi borligiga e’tibor qaratgan TBMM raisi;

“Xalq davlatsiz, davlat esa qo’shinsiz bo’lmaydi” dedi.

 

 

 



Aloqador xabarlar