Erdog’an, Qatarning “Al jazeera” telekanaliga intervyu berdi

Erdog’an Qatarning “Al jazeera” telenakaliga bergan intervyusida FETOning to’ntarish tashabbusi haqidagi savollarga javob berdi.

546562
Erdog’an, Qatarning “Al jazeera” telekanaliga intervyu berdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Fetullahchi terror tashkilotining nafaqat Turkiyaga balki Afrika davlatlariga ham sizib kirishni o’ziga maqsad qilib olganligini aytdi.

Erdog’an Qatarning “Al jazeera” telenakaliga bergan intervyusida FETOning to’ntarish tashabbusi haqidagi savollarga javob berdi.

Erdog’an FETOning diniy jamoat emasligini, Turkiyani va Turkiya iqtisodiyotini bosib olishni ko’zlagan bir terror tashkiloti ekanligini ta’kidlab, “Zolimga qarshi ko’z yumish mazlumga qaratilgan xiyonatdir. To’ntarishchilarga qarshi indamaygina, jimjirt qarab turolmaymiz. Ular xoin, ular sotqin. Ularga rahm va shavqat ko’rsatolmaymiz” deya gapirdi.

Tergov jarayonining davom etganligiga, bundan buyon ham davom etishiga to’xtalgan Erdog’an, “Ularni batamom yo’q qilamiz. Davlatni qaytadan tashkil etamiz. Xavfsizlik kuchlarimizni tozalaymiz. Bu to’g’risidagi faoliyatimiz davom etmoqda” dedi.

Erdog’an, 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusidan keyin, Turkiyani o’zi xohlagandek boshqarish qudratiga ega ekanligi haqida chiqqan mish-mish iddiolar haqida esa;

“Bu iddiolarni aslo qabul qilmayman. Men turk xalqining menga bermagan, turk konstitutsiyaga muvofiq bo’lmagan huquqdan aslo foydalana olmayman. Bu, Tayyip Erdog’anning fe’l-atvoridir va bu fe’l-atvorim hech qachon o’zgarmaydi. Butun jahonning buni bilishini xohlayman” degan ifodalarga o’rin berdi.

G’arbning to’ntarish tashabbusiga qarshi ko’rsatgan muomalasini tanqid qilgan Erdog’an, “G’arb bizga, to’ntarishga qarshi ekanligini ko’rsatgani yo’q. Ularning Turkiyadagi vaziyat oldida jimjirtgina qarab o’tirishini kechirish imkonsiz. Bizga, “Ko’plab davlat xodimlarini ishdan chetlatmoqdasiz. Harbiylarni, sudyalarni nazoratga olyapsiz” dedilar. Sizning Turkiyada nimalar bo’layotganidan hech qanday ma’lumotingiz yo’q. Shunday ekan bizni ham, yurtimizni ham tanqid qilishga haqqingiz yo’q. Ishdan chetlatilgan davlat xodimlari va nazoratga olingan harbiylar bilan sudyalar haqiqatgoy emaslar. Amerika Qo’shma Shtatlarining Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi Turkiyaga tashrif buyurdi. General Joseph Dunfordga majlis binomizni ko’rsatdik. U yerni kim bombaladı? FETO a’zolari albatta” dedi.     

G’arbning Turkiyani tanqid qilishga haqqi yo’qligini ta’kidlagan Erdog’an, “Men haddingizdan oshmang” demoqchiman. Odilona muomala qiling. Xalq tomonidan saylangan bir hukumatga qarshi tashabbus qilingan to’ntarishni kechirib bo'lmaydi. Bu to’ntarishga qarshilik ko’rsatmaganlar totalitar boshqaruv tizimini demokratiyaga almashtirganlar hisoblanadi. Bu rejalarni buzgan xalqimning peshonasidan o’pib qolaman” dedi.

Fetullah Gulenni qaytarib olish uchun, Vashington rahbariyati tomonidan bir necha hujjat talab qilinganligiga e’tibor qaratgan Erdog’an, Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Hulusiy Akarning to’ntarishga tashabbus qilingan kuni garovga olinib, FETO rahbari Fetullah Gulen bilan uchrashuvining talab qilinishi, buning uchun eng katta dalil ekanligini aytdi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning 15-iyul voqeasining ertasi kuniyoq qo’ng’iroq qilib shahidlar uchun ta’ziya izhor etganligini shuningdek, Rossiyaning Turk hukumatini qo’llab-quvvatlashini yetkazganligini bildirgan Erdog’an, seshanba kuni ishbilarmonlardan iborat bir hay’atning Rossiyaga qarab yo’l olishini qo’shimchaladi.

Yevropa ittifoqi bilan Turkiya o’rtasidagi qochqinlar to’g’risidagi kelishuvga ham to’xtalgan Erdog’an;

Yevropa ittifoqining bergan va’dasida turmaganligini eslatib o’tdi va;

“Qochqinlarning qaytarilishi haqidagi kelishuv kuchga kirishi darkor. Yevropa ittifoqining Turkiyadan o’z vazifasini bajarishini talab qila olishi uchun avvalom bor o’zining vazifasini bajarishi kerak. YI bu haqida bugungacha hech narsa qilgani yo’q. Hozirning o’zida Turkiyada 3 million suriyalik va iroqlik bor. Ularning hammasi qochqin. Yevropa ittifoqining bunday muammosi yo’q” deya gapirdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar