Chavusho’g’li Pokistonda Prezident Mamnun Husayn bilan uchrashdi

Uchrashuvda Mamnun Husayn bilan Chavusho’g’li mintaqaviy va o’zaro munosabatlarni muhokama qildi.

543273
Chavusho’g’li Pokistonda Prezident Mamnun Husayn bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li rasmiy safar bilan Pokistonga borar ekan poytaxt Islomobodda Pokiston Prezidenti Mamnun Husayn bilan Prezidentlik qarorgohida uchrashdi. 

Husayn, turk xalqining Fetullahchi terror tashkilotining 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusiga qarshi kurashini taqdir bilan qarshi olganliklarini ifodaladi.

Chavusho’g’li ham Pokiston va Turkiyaning qardosh yurt ekanligiga e’tibor qaratib, Pokistonning turk xalqi va hukumatining yonida ekanligidan xursand bo’lganligini ifodaladi.  

Uchrashuvda Mamnun Husayn bilan Chavusho’g’li mintaqaviy va o’zaro munosabatlarni muhokama qildi.

Chavusho’g’li, Turk hamkorligi va koordinatsiya agentligi (TIKA) ning Pokistondagi ba’zi loyihalarining, Turkiyaning Islomobod elchiligida uyushtirilgan taqdimot marosimida ishtirok etdi.

Taqdimot marosimida Turkiyaning Islomoboddagi elchisi Sadik Babur Girgin, TIKAning Islomoboddagi koordinatori Giray Tezel va pokistonlik bir necha rasmiy ham ishtirok etdi.  

Loyihalar doirasida TIKA tomonidan Pokiston Bosniya xalqaro maktabiga bitta tez yordam mashinasi, bitta kompyuter va bitta aqlli tahta bag’ishlanadi. Undan tashqari Chavusho’g’liga Pokistonning Pavalpindi shahridagi 26 ta tibbiy markazga atalgan va yangi tug’ilgan bolalar uchun mo’ljallangan reanimatsiya bo’limi haqida ma’lumot berildi.  

Pokistonlik 24 nafar o’quvchiga qaratilgan 10 oylik olmos kesish ta’limi haqida ham ma’lumot olgan Chavusho’g’li, o’quvchilarga sertifikatlarini topshirdi.

Chavusho’g’li shuningdek, Turk havo yo’llarining Islomobod ofisining elchilikda bo’lib o’tgan ramziy ochilish marosimida ishtirok etdi.

Tashqi ishlar vaziri eng so’ng Turkiyaning Islomobod elchisi tomonidan boshlatilgan yangi viza murojaat tizimining taqdimot marosimida ishtirok etdi.



Aloqador xabarlar