Hakkarining Shemdinli tumanidagi otishmada bir askar halok bo’ldi

Olingan ma’lumotga ko’ra, Oltinsu qishlog’ining Injesu hududi atrofida operatsiya o’tkazgan xavfsizlik kuchlari bilan terroristlar o’rtasida kuchli otishma yuz bergan.

541790
Hakkarining Shemdinli tumanidagi otishmada bir askar halok bo’ldi

Hakkarining Shemdinli tumanida xavfsizlik kuchlari bilan terror tashkiloti PKK terroristlari o’rtasida otishma ro’y berdi.

Otishmada bir askar halok bo’ldi, 6 askar yaralandi.

Olingan ma’lumotga ko’ra, Oltinsu qishlog’ining Injesu hududi atrofida operatsiya o’tkazgan xavfsizlik kuchlari bilan terroristlar o’rtasida kuchli otishma yuz bergan.

Otishmada yaralangan askarlar Shemdinli Davlat shifoxonasiga olib ketilgan.

Qochishga muvaffaq bo’lgan terroristlarni qo’lga tushirish uchun havo va quruqlikdan operatsiya olib borilmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Hakkari , #otishma , #terrorist , #halok , #shahid , #askar

Aloqador xabarlar