Bu gal Turkiya kun tartibini Taraqqiyot vaziri baholadi

Turkiya Respublikasi Taraqqiyot vaziri Lutfi Elvan 15-iyuldagi voqea ortidan bir telekanalda Turkiya kun tartibini baholadi.

541230
Bu gal Turkiya kun tartibini Taraqqiyot vaziri baholadi

Taraqqiyot vaziri Lutfi Elvan iqtisodiy jihatdan hech qanday yo’qotishlar kuzatilmaganligini, ilk 6 oylik ko’rsatkichlarning ijobiy natija berganligini belgilab, makroiqtisodiy ko’rsatkichlarda maqsadlarqa qarab o’zgarish kiritilmasligini aytdi.

Lutfi Elfan bir telekanalda kun tartibini baholadi.

Fetullahchi terror tashkilotining 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusi ortidan olib borilgan tergov doirasida Taraqqiyot vazirligida 97 kishining ishdan bo’shatilganligini eslatgan Elvan, qariyb 300 nafar davlat xodimining ham ishdan bo’shatilishi haqida faoliyatlar olib borilayotganligini ifodaladi.       

Elvan, to’ntarish tashabbusining siyosiy qanotining ahamiyatiga to’xtalib,

“Albatta siyosiy qanotiga ham e’tibor beriladi. Haqiqatdan ham tashkilot bilan aloqasi bor yoki ular bilan hamkorlik qilganlarga qarshi chora ko’riladi” dedi.

Lutfi Elvan, Markaziy bankning foiz qarori haqida esa,

“Bugundan e’tiboran to’ntarish tashabbusiga qaramay ahvolimiz ancha yaxshi. Asta-sekin foizlarning pasayishini kutyapmiz” dedi.

 

 

 



Aloqador xabarlar