Fathullohchilar Turk Qurolli Kuchlaridan tozalanadi

Fikri Ishik: “Davlatni to’ntarishga qatnashganlarning barchasi Turk Qurolli Kuchlari safidan chiqariladi. Ularga bu shonli formani kiydirmaymiz”,-dedi.

540403
Fathullohchilar Turk Qurolli Kuchlaridan tozalanadi

Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Fikri Ishik Fathullohchi terror tashkiloti-Parallel davlat tuzilishi (FETO/PYD) harakatini Turk Qurolli Kuchlaridan tozalash jarayoni davom etganini, bunga doir yangi ro’yxat tuzilganini ma’lum qildi.

Fikri Ishik: “Davlatni to’ntarishga qatnashganlarning barchasi Turk Qurolli Kuchlari safidan chiqariladi. Ularga bu shonli formani kiydirmaymiz”,-dedi.

Fathulloh Gulen harakatining tazyiqlari natijasida harbiy maktablardan olingan talabalarning tahsilini qayta tiklash maqsadida faoliyat olib borilishini bildirdi.

Fikri Ishik: “Harbiy maktabdan haydalgan talabalarning muammolarini hal qilish maqsadida reja tuzdik.  Bu masalani tafsilotli ravishda Bosh vazirimiz va Moliya vazirimiz bilan hamkorlikda ko’zdan kechiramiz”,-dedi.

Harbiy Oliy idora sudi bilan Harbiy Oliy sudning birlashtirilishi mumkinligini tilga olgan Fikri Ishik, bunga qaramasdan, harbiy xizmat bilan bog’liq mahkamalar qaytatdan shaklantirilib, o’z faoliyatini davom ettirishini ma’lum qildi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar