Turkiya davlatini to’ntarishga uringan Fetullah Gulen harakatining ikkinchi rejasi fosh qilindi

Harbiy isyonchilarning birinchi rejasi amalga oshmasa edi, ikkinchi reja sifatida prezident gvardiyasining 18 iyuldagi bayramida butun davlat arboblarining ommaviy qatl qilinishi rejalashtirilgan edi.

536921
Turkiya davlatini to’ntarishga uringan Fetullah Gulen harakatining ikkinchi rejasi fosh qilindi

Turkiya davlatini to’ntarishga uringan Fetullah Gulen harakatining ikkinchi rejasi fosh qilindi.

Harbiy isyonchilarning birinchi rejasi amalga oshmasa edi, ikkinchi reja sifatida prezident gvardiyasining 18 iyuldagi bayramida butun davlat arboblarining ommaviy qatl qilinishi rejalashtirilgan edi.

Vatan xoinlarining 18 iyul kuni prezident gvardiyasi tashkil topgan kuni munosabati bilan o’tkaziladigan marosimda prezident va boshqa barcha davlat arboblarini ommaviy qatl qilish rejasi fosh qilindi.

Isyonchilar marosim munosabati bilan to’planadigan davlat yetakchilariga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan edi.

18 iyul dushanba kuni oqshom 18:00da amalga oshirilishi rejalangan marosimga Prezident R.T.Erdog’an, Majlis raisi Ismail Kahraman, Bosh vazir Binali Yildirim, Milliy Mudofaa vaziri Fikri Ishik va prezidentning barcha maslahatchilari qatnashar edi.

Marosimga taklifnomalar tarqatildi.

Xoinlar qonli suiqasd rejasini to’la amalga oshirish maqsadida, taklifnomada o’rin olgan telefon raqamiga qo’ng’iroq qilib, aniq kelib yoki kelmasligini bildirishlarini talab qildi.

Berilgan telefon raqami aslida marosimda amalga oshirilishi rejalangan suiqasd tashabbusi uchun muhim ekani aniqlandi.

Marosimga ishtirok etib yoki etmasligi telefon orqali bildirilgach, davlat yetakchilarining qayerda o’tirishigacha bo’lgan barcha tafsilotlar rejalashtirildi.

Bu shaklda marosim suiqasd tashabbusiga ko’ra shakllanishi ko’zda tutilgan edi.

Bu iddaolardan ma’lum bo’lganidek, rejalangan suiqasd natijasida o’sha kuni davlat yetakchilari ommaviy qatl qilinar edi.

So’ngra, bu jarayonda oldindan tayinlangan askarlar ishga tushar edi.

Marosim paytida harbiy forma kiyib Fetullah Gulen harakatiga xizmat qilgan isyonchilar Prezident Erdog’an bilan birga davlat yetakchilarini qirib tashlashi, yana bir necha askar esa, davlat yetakchilarini o’ldirgan askarni qatl qilib, dalilni yo’qotishni rejalashtirgan edi.

Bu hodisadan so’ng, “Bir askar ruhiy tushkunlikka tushib qotillikka qo’l urdi. Qotil askar otib o’ldirildi”,-deya voqeani bosdi-bosdi qilish rejalangan edi.

Bu shaklda voqeaning eng katta dalili va guvohi yo’q qilingan bo’lardi.

 

 



Aloqador xabarlar