Bekir Bozdag’:"Amerika Turkiyadagi harbiy isyonni Fetullah Gulen harakati sodir qilganini biladi"

Turkiya Adolat vaziri Bekir Bozdag’ ma'lum qilishicha, Amerika hukumati Fetullah Gulenni himoya qilmoqda.

536387
Bekir Bozdag’:"Amerika Turkiyadagi harbiy isyonni Fetullah Gulen harakati sodir qilganini biladi"

Turkiya Adolat vaziri Bekir Bozdag’ huquq organlari bilan davlat siyosatchilarining ba’zilari Fetullah Gulen harakatining isyonidan xabardor bo’lganini ma’lum qildi.

Bekir Bozdag’: “Huquq organlari bilan davlat siyosatchilarining ba’zilari Fetullah Gulen harakatining isyonidan xabardor ekanidan aminman. Bu isyonning juma kuni sodir bo’lishi oldindan rejalashtirilgan. Oliy sud va boshqa huquq organlaridagi xoinlar bu to’ntaruv tashabbusiga shaxsan ishtirok etgan”,-dedi.

Bekir Bozdag’ning taxminiga ko’ra, Amerika hukumati va janob Obama Turkiyadagi harbiy isyonni va buni Fetullah Gulen harakati sodir qilganini yaxshi biladi.

“AQSh kotibligining ham bundan xabardor ekanidan shubham yo’q”,-deydi Adolat vaziri Bekir Bozdag’.

Adolat vazirining aytishicha, Amerika hukumati Fetullah Gulenni himoya qilmoqda.

Ma’lum bo’lishicha, harbiy to’ntaruv tashabbusiga qatnashganligi sababli lavozimdan chetlashtirilgan sudya va prokurorlarning o’rniga adolat akademiyasida malaka oshirgan 5110 nafar sudya va prokuror tayinlanadi.

Adolat vazirining aytishicha, joriy yilning noyabr oyida imtihon bilan 3000 ta yangi sudya va prokuror ishga olinadi.

Shunigdek, Turkiya Xalq ta’limi vaziri Ismet Yilmaz ham Fetullah Gulen harakati bilan aloqasi bo’lgan ta’lim sohasidagi davlat xodimlari ishdan chiqarilib, o’rniga 20 ming o’qituvchi ishga olinadi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar