Ibrahim Kalin TRT World kanaliga maxsus intervyu berdi

Prezident Erdog’anning Tashqi siyosatdan mas’ul Bosh maslahatchisi va voizi Ibrahim Kalin, muxbir tomonidan berilgan 15-iyul kechasi va undan keyingi jarayon haqidagi savollarga batafsil javob berdi.

535956
Ibrahim Kalin TRT World kanaliga maxsus intervyu berdi

O’tgan hafta, 15-iyul kuni Fetullah terror tashkiloti a’zolaridan bir guruh askar Turkiya hukumatini to’ntarishga tashabbus qildi. To’ntarish esa muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Chunki xalq demokratiyani himoya qilish uchun ko’chalarga qarab chopdi. Hozir esa yurtda Favqulodda vaziyat e’lon qilindi. Ko’pchilikning ko’zi qulog’i esa bundan keyingi jarayonga tikilgan vaziyatda. Shunday ekan biz ham Prezident Erdog’anning Tashqi siyosatdan mas’ul Bosh maslahatchisi va voizi Ibrahim Kalindan intervyu oldik.

Muxbir: Hurmatli Ibrahim Kalin, TRT-World, One on One dasturiga xush kelibsiz. Prezident Erdog’an uzoq vaqtdan buyon yurt demokratiyasiga ziyon yetkazishga harakat qilgan va davlat tinchligi uchun xavf tug’dirgan bir “Parallel davlat qurilishi” borligi haqida aytayotgan edi. Shuncha ma’lumotlarga qaramay ular qanday qilib hukumatni to’ntarishga tashabbus qila oldi yoki razvedka boshqarmasi zaifmi?

Ibrahim Kalin: Bu guruh uzoq vatqdan beri Turkiyada faoliyat yuritayotgan edi. Ayniqsa 17-25-dekabr voqeasidan keyin yurt tinchligiga xavf tug’dira boshladilar. Ana shundan beri bu masalada bir necha chora-tadbirlar ko’rildi. Ularning kim ekanligini aniqlash va davlat organlarida ishlagan xodimlarni ishdan bo’shatish uchun ba’zi faoliyatlar olib borildi. Yani bu muammoni hal qilish uchun davom etib kelayotgan bir jarayon bor edi. Qurolli kuchlar ichidagi to’ntarish tashabbusi ham Gulen harakatining oxirgi hujumlaridan biri bo’ldi. Qurolli kuchlar ichidagi kichik bir guruh to’ntarishga tashabbus qilganlar orasida edi va afsuski bu voqea qonli hujumga aylandi. Ko’chalarda ko’zga tashlangan voqealar odam bolasining qanchalik shafqatsiz bo’lishi mumkinligini ko’rsatdi. Bugungacha, bu mamlakatda, hech qachon uchramagan manzaralarga guvoh bo’ldik. O’z qurolli kuchlarimiz qo’lidagi qurolini o’z xalqiga qaratib o’q uzdi. Qurolsiz va gunohsiz insonlar ko’chalarda jon berdi. Oqibatida 242 nafar yurttoshimiz shahid bo’lar ekan 1500 dan ortiq fuqaromiz tan jarohati oldi. Bu judayam katta va dolzarb masala. Lekin 15-iyul kuni “Qora tun” deya boshlagan bir voqea ertasi kuni to’ntarish tasahbbusining muvaffaqiyatsiz yakunlanishi bilan “yop-yorug’ tongga” aylandi. Albatta bu voqeaning takrorlanmasligi uchun qonuniy ravishda cora-tadbirlar olyapmiz. Buni amalga oshirish uchun ham qurolli kuchlar, sud, xavfsizlik kuchlari va davlatning boshqa organlari bilan birgalikda yurt boylab yoyilgan bu insonlarni aniqlashimiz darkor. Bu faoliyatlar yurtimiz va xalqimiz uchun, demokratiya va qonuniy davlatning himoya qilinishi jihatidan katta ahamiyat kasb etadi. To’ntarish tashabbusiga to’xtalgudek bo’lsak unda albatta bir necha chora-tadbirlar ko’rilgan edi. Lekin yurttoshlarimizning ajoyib jur’ati bu to’ntarishni bostirdi. Menimcha yurttoshlarimiz butun dunyoga vatan tuyg’usini, vatan sevgisini namoyon etdi. Xalqimiz butun dunyoga, dushman kim bo’lishidan qat’iy nazar o’z demokratiyasiga, erkinligiga va qonunning ustivorligiga qanchalik sodiq ekanligi ko’rsatdi.

Muxbir: Xalq bergan javob bir so’z bilan aytganda ajoyib edi. Siz ham ta’kidlab o’tganingizdek boshqa demokratik davlatlar bunday javob berilajagini kutmayotgan edi. Xo’sh, Prezident xalqni ko’chalarga chiqirar ekan sizningcha, hukumat xalqdan bunday javob kelisihini kutdimi?

Ibrahim Kalin: Bu ish boshlaganda, biz avvalo to’ntaruv tashabbusining qanchalik ta’sirli bo’lganini tushunishga harakat qilayotga edik, qisqa muddatda angladik, Anaqara va Istanbuldagi harbiy kuch faoliyatga o'tdi. Buning haqiqattan bir to’ntaruv bo’lgani maydonga chiqgach, Prezident Erdo’g’an televideniya orqali xalqni demokratiyani qo’llab-quvvatlash uchun maydonlarga chaqirdi. Allohga behisob shukur bu harakat afsonaviy bir hikoyaga aylandi. To’g’risini aytsak hech kim bu kabi bir kirishuvni tahmin etmagan edi. To’tnaruvga tashabbus etganlarning bu daraja otashin, qonli va ayvosiz bo’lishi kutilmagan edi. Oldin bir shok vaziyati keyinchalik bir zafar va quvonch hissi tug'ildi.

Muxbir: Darqahiqa xalq katta norozichilik ko’rsatdi, mana kunlar o’tganiga qaramay hanuz maydonlarda. Sizga ko’ra bu hukumat izlagan siyosat tufaylimi? Yoki insonlarning Prezidentga bo’lgan sadoqatimi?

Ibrahim Kalin: Buning sababi insonlarning demokratiya va huquq ustuvorligiga bo’lgan ishonchidir. Biz Turkiyada 1960, 1972, 1980 yillar bilan boshqa tarixlarda ham harbiy to’natuvlar boshimizdan o’tkazganmiz. Bir harbiy to’ntaruv birinchi marotiba xalq tomonidan to’siqlandi. Xalq bir tomonda ko’chada g'alabasini nishonlar ekan, boshqa tomonda bunga o’xshash hodisalarning qayta bo’lmasligi uchun g’ayrat sarf etmoqda. Xalq nima bo’lishidan qat’iy nazar o’z haqini, birlik-barobarligini muhofaza etish uchun maydonlarga chiqishdan bosh tortmagandir. Albatta, janob Prezidentimiz, faqat qo'zg'olonchilarga emas, ayni paytda butun dunyoga namuna bo’lgan bu harakatni davom ettirish uchun insonlardan maydonlarda qolishini istadi. Maydonlarga chiqgan insonlarga qaraganda, jamiyatning har tabaqasidan, faqli siyosiy partiyalardan, farqli siyosiy nazariyaga ega va mafkuralari bo’lgan insonlar bor. To’ntaruv tashabbusidan keyingi sahna mukammal birdamlikni namoyon etdi. Qolaversa, Janob Prezident Muxolifat partiya rahbarlariga qo’ng’iroq qilib to’ntaruv tashabbusiga qarshi izlagan uslublari tufayli minnatdorchilik bildirdi. Farqli siyosiy partiyalardan insonlar, misol u yoki bu uchun ovoz berganlar, birga harakat qilgandir. Prezident Erdo’g’an bu vaziyatni boshqarish mavzusida katta hissa qo’shgan. Chunki Davlat Rahbari bu nozuk jarayonda xalqni ko’chaga chiqishga chaqirgandir. Bizlar bu xabarni insonlarga yetkazguncha vaqt o’tdi, chunki ayrim texnik nosozliklar maydonga kelgan edi. To’ntaruvga tashabbus etganlar TRTni bosib oldi va u kecha elektronik xabarlashuv sistemasini uzish maqsadi bilan sung’iy yo’ldosh shirkatlariga hujum qildi. Lekin biz buni nazorat ostiga oldik. Mana shuning uchun Davlat Rahbarining chaqirig’i to’ntaruv tashabbusiga qarshi muhim burilish nuqtasi edi.

Muxbir: Bir tomondan xalq ko’chalarda hukumatni qo’llab-quvvatlar ekan ikinchi tomondan yurtda Favqulodda vaziyat e’lon qilindi. Muxolifat partiyalar ham bu qarorni qo’llamoqda. Lekin, xalqaro hamjamiyat tomonidan turli ko’z qarashlar bildirilmoqda. Masalan, ana shu ko’z qarashlardan birida Turkiya mutanosib ravishda muomala qilishga undaldi. Qonunning ustivorligi e’tiborga olinishi kerakligi yoki shunga o’xshash undovlar mavjud. Sizningcha, xalqaro hamjamiyatning ko’z qarashida yoki fikrida jon bormi?

Ibrahim Kalin: Avvalom bor Turkiyada bostirilgan to’ntarish tashabbusi ortidan Favqulodda vaziyat e’lon qilindi. Bu ham bo’lsa turk konstitutsiyadagi 120- va 121-moddaga muvofiq ravishda amalga oshdi. Bu e’longa nomi tilga olingan modda ruxsat berar ekan ustiga ustak bunga hukumat ham rozi. Bu qarornoma faqatgina hukumatning emas ayni vaqtda muxolifat partiyalar tomonidan ham tasdiqlandi. Yani bularning hammasi qonun doirasida. Bugungacha hech narsa noqonuniy ravishda yo’lga qo’yilmadi, qo’yilmaydi ham. Lekin sizning tomoshabinlar bunday qarorlar olingan atrof-muhitni tushinib yetishi darkor. Yaqindagina Turk qurolli kuchlari tarkibidagi Gulenga qarashli terroristlar tomonidan rejalashtirilib yo’lga qo’yilgan bir harbiy to’ntarishning oldini oldik. Bu to’ntarish sud tizimi va boshqa davlat organlaridagi tashkilot a’zolari tomonidan ham qo’llab-quvvatlandi. Shunday ekan to’ntarishda ishtirok etgan, to’ntarishni rejalashtirgan, yo’lga qo’ygan va bu jarayonda ular bilan hamkorlik qilganlarga tashqaridan ko’mak bergan va qo’lga kiritilgan ba’zi hujjatlardan ham ma’lum bo’lganidek to’ntarish tashabbusi ortidan nomi tilga olingan kishilarga yordam qo’lini cho’zadigan kishilarga qaratilgan huquqiy jarayon boshlaydi.

Biz bu kishilarni qo’lga olishga urinar ekan, xalqaro jamoatchilikning tanqirlarini ko’rayapmiz. Ular bu qadar qisqa muddatda qanday bo’lib buncha kishini qo’lga olishga muvaffaq  bo’ldingiz deb so’ramoqda. Davlat organlarida Gulan a’zolariga qarshi kurash davom etadi. Bu insonlarni belgilash jarayoni oldindan boshlatilgan edi, Avgust oyi bo’ladigan Oliy Harbiy Sho’ro yig’ilishida ham unvonlari ko’tarilmasligi oldindan nazarda tutilgan edi. Ular buni oldini olish uchun balki bu so’ngi fursatimiz deb o’yladilar. Ayrim bayonotlariga qaraganda, bu hodisalar bilan aloqasi yo’q kabi. Chunki ulardan so’rasangiz Guler harakati degan bir harakat yo’q deydi. Banklar, tashkilotlar, maktablar, shirkatlar va bunga o’xtash muassasalar qanday bu insonlar tomonidan boshqarildi? Bularning orqasida bo’lgani oshikor va so’zlari ishontiruvchi emas. Bu da’volarga qarshi boshqa da’volar ilgari surdilar. Erdo’g’anning yana kuchli bo’lib chiqish uchun bu to’ntaruv tashabbusini uyushtirgan degan safsatalar. Men G’arb mediasining bunga o’xshash bayonotlar berganiga ishonmayman. Bu 11-Sentyabr hujumlarini AQShning o’zi tartiblagan, yoki Nice hujumining Fransuz hukumati tomonidan rejalanganini ilgari surishdan boshqa narsa emas. Bunga o’xshash baynotlarga e’tibor bermaymiz. Afsuski Turkiya bahs mavzusi bo’lganda ikki yuzlamachilik qilinmoqda va bu fitnalar to’ntaruvni haqli kabi ko’rsatmoqda. Biz harbiy to’ntaruv tashabbusini oldini oldik. Bu to’ntaruv tashabbusini, huquq ustuvorligi va erkinligimiz uchun to’xtatdik. Buni tushunib Favqulodda holat doirasida olingan chora-tadbirlar, aslida mustaqillik, demokratiya va huquq uchun olingan bo’lib xalqimiz kundalik hayotida bundan ta’sirlanmaydi. Sayohat, yig’ilish, ifoda erkinligi va iqtisodiyotga salbiy ta’siri bo’lmaydi. Xuddi Fransiyada bo’lgani kabi, Parijdagi hujumlardan keyin, Fransuz hukumati ham Favqulloda holart e’lon qilgan edi. Ikki kun oldin ro’y bergan Nice hujumidan keyin Favqulodda holat muxlati 6 oyga ko’tardi. Bu Fransiya hukumatining qarori bo’lib buni hech kim tanqin qila olmaydı. Buni tabiiy bir vaziyat bo’lganiga diqqat qaratdi. Bu kundalik hayotga ham aks etmagan. Bizda ham vaziyat boshqacha emas. Insonlar kundalik hayotini davom ettiradi. Faqat aybi bo’lganlar va to’ntaruvga tashabbus etganlar  qayg’ulanishi kerak.

Muxbir: Turkiya Fethullah Gulanni qaytarib berishni talab qilgan hujjatni AQShga yubordi. Turkiya endi nima kutadi? Ayrim siyosatchilar AQShning balki Turkiyaga bosim qilish uchun buni savdolashuv vositasi sifatida ilgasi surishini aytmoqda. Siz bu haqda nima deysiz?

Ibrahim Kalın: Fethullah Gullanni Turkiyaga qaytarish uchun nihoyasiya yetishi kutilgan bir jarayon bor. Biz bu mavzuni anchadan beri kun tartibiga keltirgan edik, endi esa 15-Iyul kungi to’ntaruv tashabbusi ortidan, bir papka tayyorlandi va buning birinchi bo’limi Tashqa Ishlar Vazirligimiz tomonidan  Amerika Adolat Vazirligiga yuborildi. Yana ko’p dadil to’plaganimizda bularni AQShli vakillarga taqdim etamiz. Biz AQShdan bu mavzuning ustida to’xtalishni kutamiz. Qonuniy jarayon nihoyasiga yetganda, biz Fethullah Gulanning Turkiyaga qaytarilgan bo’lishini istaymiz. Huquqshunoslarga ko’ra qaytarilishi chun ko’p sabab bor va buning bu shakilda natijalanishidan umidvormiz.

Savol: Mana endi armiyada o’zgarishlar kiritilishi aytilmoqda. Bu nima na’mosiga keladi?

Ibrahim Kalın: Armiyamizda joylashib olgan bir guruh Gulan tarafdori bor, mana  ularni tozalash kerak. Harbiy ta’lim bergan maktablardan boshlash zarur. Unvonnini almashtirish va harbiy mashg’ulotlar bilan davom etamiz. To’ntaruvga tashabbus etgan Gulan tarafdori kichik bir  guruhdan, Turk askarini bir-biridan ajratish kerak. Og’ir bir davrdan o’tgan armiya generallarimiz qarama-qarshi bo’lgan xavfni biladilar. Endi hamma o’z zimmasiga tushganni bajo keltiradi. Prezidentimiz qo’shin qo’mondoni va o’lka lideri sifatida bu jarayonni boshqaradi va Turk qo’shinini bu tahditdan qutqarishimizga ishonaman.

Muxbir: Qamoqxonalarda, Qiziloy maydonida va boshqa joylardagi ma’ruzalarda, xalq o’lim jazosini talab qilmoqda. Ko’pchilikka Turkiyada o’lim jazosi tatbiq etilsa, buning Yevropa Ittifoqi a'zolik jarayoniga qanday ask etishi haqida savol berdim. Javob esa, Yevropa Itiffoqiga qo’shilish uchun Turkiya e’tibori va xavfsizligidan yon beradigan bo’lsa, Yevropa Ittifoqida qo’shilishga hojat yo’q shaklida edi. Insonlarning Yevropa Ittifoqi mavzusida charchagan, kimligi tufayli ahamiyat bermayaptimi?

Ibrahim Kalin: Bilingani kabi uzoq vaqtdan beri Yevropa Ittifoqiga qo’shilishga harakat qilayapmiz. Bizda ro'y bergan hodisalar boshqa a’zolarning boshidan o'tmagan. Afsuski bu jarayon juda sus ildamlamoqda. To’ntaruv tashabbusidan keyin chet elda yashaganlar, o’lkadagi vaziyatning bunchalik nozuk bo’lganini anglamadilar. Chunki xalq o’z askarlari tomonidan o’ldirildi. Adolat jihatidan nazar solganda, maydonlardagi insonlarning o’lim jazosini talab qilishi oddiy holat. Prezidentimiz bunga “Xalq buni talab qilsa, bu majlisdan o’tganda men ham tasdiqlayman” dedi. Buning uchun Yevropa Ittifoqi a’zoligimiz zarar ko’radigan bo’lsa bu masalani u kun tushunamiz” dedi.

Muxbir: Sizga ko’ra xalqning talabiga binoan bir referendum o’tkazilishi kerakmi?

Ibrahim Kalin: Bilingani kabi bu mavzu necha oydan beri o’zi kun tartbida edi. A’zolik muddati uzagan sari Yevropada ham “Kengashiydan charchoqlik” paydo bo’lishga boshladi. Nima kerak bo’lsa qilayapmiz. Qonunlarni almashtirayapmiz, shartlarga rioya qilayapmiz, bunga misol Turkiya-Yevropa Ittifoqi ko’chmanchilar shartnomasi edi,  tinmay yangi shartlar ilgari surilmoqda. Suriyali buu insonlar holigacha bizning o’lkamizda, Yevropaga ko’ch oqimi to’xtatildi. O’tgan yil Oktyabr oyi har kun 6-7 ming kishi Yevropaga o’tayotgan edi. Mana hozirgi kunda deyarli bir kishi ham o’tmaydigan bo'ldi. BuTurkiya-Yevropa Ittifoqi o’rtasida tuzilgan shartnomaning samarasi. Buning evaziga Turk fuqarolariga va’da berilgan vizasiz sayohat o’rniga qo’shimcha shartlar ilgari surilmoqda. To’ntarub tashabbusi ham ko’rsatgani kabi ayrim qonunlarga e’htiyojimiz bor. Biz tinimsiz PKK va DEASH terror tashkilotiga qarshi kurashayapmiz. Dunyo DEASHga qarshi kurashni muhokama qilar ekan, biroq PKK terror tashkilotiga ko’z yummoqda. Bu tashkilot o’tgan yil yuzlab insonimizning hayotga zomin bo’ldi, bizlar bunga qarshi chora-tadbir olishga majburmiz. Endi esa Gulan terror tashkiloti chiqdi, tabiiy, terrorga qarshi kurash qonunlariga bir o’zgarish kiritiladi. Yevropa va dunyoning bizni bu qonunlarni nima uchun chiqarishni istaganimizni tushunishini kutamiz.

Muxbir: Turkiyaning ayrim say-harakarlatidan bahs etadigan bo’lsak, bunga o’xshash hodisalarni oldini olish uchun nima qilishi kerak? Shuningdek Turkiyaning tashqi siyosatida o’zgarishlar bo'ldi. Rossiya va Isroil kabi davlatlar bilan aloqalar tiklanmoqda, bu o’zgarishlar natijasida Turkiya AQSh va Yevropa aloqalari qanday ta’sirlanadi?

IbrahimKalin: Yo’q. Umumiylashtirishni istamayman, lekin ayrim mavzularda muammolar bo’lishi mumkin va bunlarga yechim topamiz. Rossiya va Isroil bilan aloqalarimiz ijobiy vaziyatda. Bizning siyosatimiz boshidan beri bu shakilda.  2010 yilgi Moviy Marmara hodisasi va Rus samolyotining tushirilishi kabi masalalar ortda qoldi. Bu mavzuda bir muammo yo’q. Lekin hududimizdagi xavfsizlik masalasi nozuk. Suriyada jang, Iroqda xavfsizlik masalasi bo’lgan sari biz bundan ta’sirlanishga davom etamiz. Faqat Turkiya emas. Bu masalaga globak nazar solish kerak. Tabiiy ravishda ittifoqdoshlarimiz va qo'shnularimiz buni bartaraf qilish uchun birga bo’lishni tilaydi. Lekin avvalambor o’z milliy xavfsizligimizni tushunishimiz kerak. Turkiya bir nechta terror tashkilotiga qarshi kurashmoqda. Shuning uchun ittifoqdoshlarimizdan bizni tushunishini kutamiz.

Muxbir: “Xalqaro Jamoatchilik va Turk xalqiga nima derdingiz?

Ibrahim Kalin: Turk millati bu to’ntaruv tashabbusini oldini olish uchun o’z kuchini ko’rsatdi. Dunyo bizni qo’llab-quvvatladi, bu to’ntaruv kirishuviga qarshi chiqganlarga minnatdormiz. O’lkamizda demokratiya, huquq ustunligi va erkinlikni kuchaytirish uchun bizni dastaklashga davom etishlaridan umidvormiz.

 



Aloqador xabarlar