Chavusho’g’li TRT Haber kanali savoliga javob berdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li TRT Haber kanali savoliga javob berar ekan bugungi kunda Turkiya kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri Fetullah Gulenni AQShdan qaytarib olish masalasiga to'xtaldi.

535354
Chavusho’g’li TRT Haber kanali savoliga javob berdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li TRT Haber kanali savoliga javob berar ekan Fetullahchi terror tashkiloti lideri Fetullah Gulenning Turkiyaga qaytarilishi haqidagi muzokaraning davom etayotganligini aytdi.  

AQShning qo’shma komissiya taklifiga ijobiy qaraganliklarini aytgan Chavusho’g’li kerakli ma’lumot va hujjatlarni yig’ib ularni Qo’shma shtatlariga yuborganliklarini qayd etdi.

Gulenni qaytarib olish to’g’risida ijobiy javob olinajagini umid qilganligini ifodalagan Chavusho’g’li, AQSh tomonidan qaytarib berish uchun dalil talab qilinganligi haqidagi iddiolarga esa,

“To’ntarish tashabbusining o’zi bir dalildir” dedi.

Gulenni boshqa davlatga qochib ketishiga ruxsat berilmasligi kerakligini ta’kidlagan Tashqi ishlar vaziri,

“Fetullah Gulenni, FETO terror tashkiloti liderini Turkiyaga olib kelishni xohlaymiz. AQShdan nima talab qilganimiz ma’lum. Shunday ekan AQSh, Turkiyada to’ntarishga tashabbus qilgan bir shaxsni u yerda olib o’tirmasligi darkor” deya gapirdi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li, Gretsiyaga qochib ketgan to’ntarishchi askarlar haqida esa huquqiy jarayonni yaqindan kuzatib borganliklarini aytdi.

Chavusho’g’li,

“To’ntarish tashabuschilari siyosiy jihatdan boshpana talab qilmoqda. Ular siyosiy boshpana talab qila olmaydı. Gretsiya rahbariyatidan hamkorlik qilishlarini kutamiz. Shuningdek odilona muomala qilib, nomi tilga olingan xoinlarni Turkiyaga jo’natishlarini kutamiz” deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar