G’arb mediasi Turkiyadagi to’ntarish tashabbusi haqida nimalar dedi?

Bu haqida Turkiya Respublikasi Prezidenti voizi Janob Ibrahim Kalin ijtimoiy media orqali ma'lumot berdi.

534116
G’arb mediasi Turkiyadagi to’ntarish tashabbusi haqida nimalar dedi?

Prezident voizi Ibrahim Kalin, to’ntarish muvaffaqiyatli ravishda yakunlanganida edi unda xorijiy axborot va matbuot agentliklarining huddi Misrda bo’lganidek to’ntarishni qo’llab-quvvatlashini aytdi.

Ibrahim Kalin, to’ntarish tashabbusi haqidagi G’arb mediasida o’rin olgan xabarlar va sarlavhalarni ijtimoiy media orqali tanqid qildi.

Kalin o’z tanqidida eng nufuzli G’arb mediasining turk xalqi va Davlat rahbariga qaratilgan haqoratlariga ham to’xtalar ekan ularning judayam o’rinsiz va ahmoqona ifodalar ekanligini aytib o’tdi.

15-iyuldagi xiyonatning xorijiy axborot va matbuot agentliklari tomonidan darrov ko’llanilganligini ta’kidlagan Kalin, ana shu kecha to’ntarish tashabbusi bostirilgan daqiqalarda ham xorijiy telekanallar o’zlarining qo’shimcha sarlavhalarida Turkiyada to’ntarish bo’lganligi haqidagi ifodalarga o’rin berganligini aytdi.

CNN va BBC kabi kanallarning to’g’ri ma’lumot olish, kelgan ma’lumotning to’g’ri ekanligini tasdiqlash kabi jurnalistikaning asosiy qoidalariga amal qilmaganligini ta’kidlagan Ibrahim Kalin nomi tilga olingan kanallarning;   

“Turkiyada, qurolli kuchlar hukumatni qo’lga oldi” degan sarlavhalar bilan Turkiyadagi vaziyatni manipulyatsiya qilganligini aytdi.

Kalin;

“Agar to’ntarish muvaffaqiyatli ravishda yakunlanganida edi, hammasi qo’llab-quvvatlagan bo’lar edi. Huddi Misrda bo’lganidek. Siz bu xalqni hali tanimaysiz lekin ular sizlarni yaxshi taniydi” dedi.

Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Carl Bildtning twitter orqali, “Yevropa ittifoqiga nomzod Turkiyada to’ntarishni qo’llab-quvatlashimiz imkonsiz” degan so’zlariga qarshi Ibrahim Kalin, “Hurmatli Bildt, sizning niyatingizni yaxshi bilamiz lekin bunday ahmoqona sarlavhalar faqatgina to’ntarishning maqsadiga xizmat qiladi” deya javob berdi.

 



Aloqador xabarlar