Huddi shu ana kecha va Turkiya Buyuk Millat Majlisi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi 15-iyuldan 16-iyulga o’tar kechasi Fetullahchi terror tashkilotining Turk qurolli kuchlari ichiga sizib kirgan bir guruh xoin askari tomonidan vayron qilinmoqchi bo’ldi.

533654
Huddi shu ana kecha va Turkiya Buyuk Millat Majlisi
tbmm darbe girişimi gecesi 1.jpg
tbmm darbe girişimi gecesi 2.jpg
tbmm darbe girişimi gecesi 3.jpg

Turkiya Buyuk Millat Majlisi 15-iyuldan 16-iyulga o’tar kechasi Fetullahchi terror tashkilotining Turk qurolli kuchlari ichiga sizib kirgan bir guruh xoin askari tomonidan tashabbus qilingan harbiy to’ntarishga qarshilik ko’rsatib, to’ntarishchilarni mag’lub qildi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi 4ta siyosiy partiya vakillari F-16lardan tashlangan bombalarga qaramay Yalpi Majlisni tark etmay ham davlatni, ham o’z xalqini himoya qildi.

Holbuki Turkiya Buyuk Millat Majlisi a’zolari telekanallar orqali xalqga “biz o’z vazifamizni o’tashni davom ettirmoqdamiz” deya ma’lumot berar ekan, Sheref nomidagi zalning tomiga tushgan ilk bomba, binolarni tebratayotgan edi.

Zalning shipi parcha-parcha bo’lib pastga to’kilib, quloqlarni kar qilib, ko’tarilgan changdan hech narsa ko’rinmayotgan vaqt.

Bosh vazir Binali Yildirimning majlisdagi xonasi doxil bir necha xona va yo’laklar foydalanishdan chiqdi.  

Shuning uchun ham majlisning xavfislzik xodimlari ularni boshpanalarga tushishlarini iltimos qildi.

Huddi ana shu vaqtda tarixiy lahzalarga guvohlik qilgan Yalpi majlis tribunasidan Adolat vaziri Bekir Bozdag’ning ovozi eshitildi.

Bozdag’, Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Ismail Kahramanga qarab:

“Hurmatli rais, agar biz majlisni tashlab boshpanaga tushgudek bo’lsak unda xalq bizni to’ntarishchilardan qo’rqdi deb o’ylaydi. Shunday ekan biz bu yerda o’lishga ham rozimiz” dedi.

TBMM sobiq raisi Jemil Chichekning aytishicha, ayni soatlarda Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Ilknur Injeo’zga qo’ng’iroq qilib deputatlarga “tarixiy voqeaga imzo chekyapsiz” deyotgan edi.

Majlis raisi Kahraman Adolat va taraqqiyot partiyasi, Jumhuriyat xalq partiyasi va Milliyatchi harakat partiyasi raisi o’rinbosarlariga qo’shimcha deklaratsiya chop etishlarini taklif qildi.

Qo’l yozma orqali qalamga olingan qo’shimcha deklaratsiya Xalqlarning demokratik partiyasi raisi o’rinbosari tomonidan ham telefon orqali tasdiqlangach o’qib eshitirishga tayyor bo’ldi.  

Shu bilan birga TBMM Muhofaza qilish bo’limi rahbari Nurullah O’zturkning yetakchiligida majlisning politsiya xodimlari, majlisning hovlisigacha kirib kelgan vertolyotlarga qarshilik ko’rsata boshladi. Oqibatida majlis ostonasiga yetib kelgan tanklardagi xoinlar bilan to’qnashuv kelib chiqdi.

TBMM-ni yani vatanini, yani xalqini himoya qilgan bu politsiya xodimlarining bir nechasi tan jarohati oldi.

Va nihoyat mag’lub bo’lishini tushinib yetgan Turk qurolli kuchlarining Fetullahchi terror tashkiloti guruhi TBMMga bomba tashladi, turk politsiya xodimlariga o’q uzdi, ko’chalarni to’ldirgan xalq ustiga tank bilan hujum qildi.   

Bu ahvol faqatgina chet ellik ishg’olchi kuchlarning asari bo’lishi mumkin edi. Lekin huddi ana shu tun FETO a’zolari tomonidan shakllandi. Turk millatiga ana shunday dahshatli tunni ravo ko’rgan FETO a’zolari na turk, na musulmon… va hatto odam bolasi ekanligiga ishonch hosil qilish imkonsiz…

Bostirilgan to’ntarish tashabbusi ortidan TBMM favqulodda yig’ilish o’tkazdi.

Majlis raisi Ismoil Kahramon turk xalqiga quyidagicha xitob etdi:

“Xalqimizga bu kunni ravo ko’rganlar albatta jazosini oladi. Majlisga bomba tashlandi. Xalqimiz bag’rida ulg’aygan unsurlar xalqimiz bag’riga o’q uzdi. Xalqimizga sabr tilab, mana shunday qora kunlarning ortda qolishini Olloxdan tilab qolaman. Endi esa qarorlilik bilan bardam bo’lib, muammoni tub-tubidan hal qilish uchun o’z faoliyatimizni davom ettirib, qonagan yaramizni tuzatishimiz darkor. Majlis to’ng sahargacha demokratiya uchun navbatchilik qildi. Bundan buyon 4ta partiyamizning mushtarak matnini birgalikda o’qib eshittirib, xalqga taqdim etamiz. Mustaqillik xalqga oiddir va bu xalqning talabidir”.

Kahraman ortidan qo’shimcha deklaratsiyani o’qib eshittirdi.

To’ntarish tashabbusi va Majlisga qaratilgan hujum keskin qoralangan qo’shimcha deklaratsiyada,

“Bugun bo’lganidek kelajakda ham milliy irodaga va Majlisga qaratilgan har bir hujum TBMMning temir irodasiga duch keladi” degan jumlalar bilan TBMM tomonidan xalqning demokratiyaga bo’lgan ishonchini davom ettirishi ta’kidlandi.

Majlis mana shunday tarixiy voqeaga guvohlik qilar ekan uning oldida on minglab, yurt boylab esa millionlab fuqaro qo’llarida turk bayroqlari bilan to’ntarishga qarshi shiorlar aytib, o’z irodasini, o’z majlisini, o’z Prezidentini va o’z kelajagini himoya qilayotgan edi.  



Aloqador xabarlar