Harbiy Bosh shtabda “Hokimiyat millatnikidir” lavhasi...

Harbiy Bosh shtab raisi general Hulusi Akarning buyrug’i bilan qarorgohdagi dijital lavhaga turk bayrog’ining tasviri yoritildi va “Hukimiyat millatnikidir” degan yozuv namoyish qilindi.

533561
Harbiy Bosh shtabda “Hokimiyat millatnikidir” lavhasi...

Harbiy Bosh shtab binosidagi lavhada “Hokimiyat millatnikidir” degan yozuv namoyish qilindi.

Barchaga ma’lum bo’lganidek, Turkiyada harbiy isyonchilar tomonidan davlatni to’ntarishga kirishildi va bu xalqning qo’llab quvvatlovi bilan bostirildi.

To’ntaruvga tashabbus paytida Harbiy Bosh shtab qarorgohida nazorat bir muddat isyonchi harbiylarning qo’liga o’tgan va Harbiy Bosh shtab raisi general Hukusi Akar va ba’zi qo’mondonlar garovga olingan edi.

O’sha kuni bir yoqadan bosh chiqargan xalq isyonchi harbiylarning tanklari oldiga yotib, vatan uchun o’z jonini fido qilishga ham tayyor edilar.

Xalqning g’azabidan qo’rqqan isyonchilar qora maqsadlariga erisha olmadilar.

Harbiy Bosh shtab ham xalqning bu fidokorligiga minnatdorchilik maqsadida qarorgohdagi lavha orqali minnatdorchiligini bildirdi.

Harbiy Bosh shtab raisi general Hulusi Akarning buyrug’i bilan qarorgohdagi dijital lavhaga turk bayrog’ining tasviri yoritildi va “Hukimiyat millatnikidir” degan yozuv namoyish qilindi.

 



Aloqador xabarlar