Erdog’an, shahidlarni dafn qilish marosimi ortidan nutq so’zladi

Prezident Erdog’an 15-iyul shahidlari uchun Istanbuldagi Fatih nomidagi jome’ masjidida uyushtirilgan dafn qilish marosimi ortidan nutq so’zladi.

531280
Erdog’an, shahidlarni dafn qilish marosimi ortidan nutq so’zladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiyaning birligiga, butunligiga va qardoshligiga chiday olmaganlarning 15-iyul kuni davlatni qo’lga kiritmoqchi bo’lgan say-harakatlarining qurolli harakatga aylanganligini aytdi.

Prezident Erdog’an 15-iyul shahidlari uchun Istanbuldagi Fatih nomidagi jome’ masjidida uyushtirilgan dafn qilish marosimi ortidan nutq so’zladi.

Erdog’an,

“Bu mamlakatda qonunchilik organi, ijro etuvchi hokimiyat organlari, sud organi mavjuddir. Bular yani fetochilar nomi tilga olingan organlarni ham bir-biriga qarshi dushman qilmoqchi bo’ldi lekin ular ko’zlagan maqsadlariga erisholmadi. Sudni qo’lga olgan bu tashkilot hozirda esa birma-bir taslim bo’lmoqda. Sud ularning minglab a’zosini nazorat ostiga oldi” deya gapirdi.

O’z so’zida “davlatning barcha organlarida ham vuruslarni tozalash faoliyati davom etadi” degan Prezident Erdog’an vaziyatni inson vujudidagi saraton hujayralarining tarqashiga o’xshatdi.   



Aloqador xabarlar