Turkiya G'azodagi “Al-Amal” yetimxonasidagi bolalarga o’yinchoq tarqatdi

Turkiya Ga’zoga 13775 dona qutida oziq-ovqat mahsuloti, 5000 tonna un, 3000 tonna shakar, 2000 tonna guruch mahsuloti bilan bir qatorda, 100000 dona kiyim-kechak va 20000 dona poyabzal jo’natdi.

524156
Turkiya G'azodagi “Al-Amal” yetimxonasidagi bolalarga o’yinchoq tarqatdi
türkiye'den gazzeli yetimlere yardım.jpg

Turkiyadan G’azoga tomon yo’lga chiqqan gumanitar yordam kemasi 11000 tonna mahsulot bilan manzilga yetib bordi.

Turkiyadan jo’natilgan gumanitar yordamlar G’azo xalqiga bayram sovg’asi qatorida tarqatildi.

G’azo xalqi muborak ramazon hayiti munosabati bilan turk xalqi nomidan jo’natilgan sovg’alar tufayli sevinchga to’ldi.

Gumanitar yordamlar Turk Qizil yarim oy jamiyati xodimlari tomonidan tarqatila boshladi.

Kecha avvalo “Al-Amal” yetimxonasidagi bolalarga o’yinchoq tarqatildi.

Turkiyadan jo’natilgan gumanitar yordamlardan taxminan 10000 oila bahramand bo’ladi.

G’azoda eng nochor ahvolda bo’lgan oilalar u yerdagi Ijtimoiy ishlar vazirligi tomonidan aniqlandi.

Mahsulotlarni o’z egalariga adolatli ravishda tarqatish mas’uliyati Turk Qizil yarim oy jamiyatiga topshirildi.

Ga’zoga 13775 dona qutida oziq-ovqat mahsuloti, 5000 tonna un, 3000 tonna shakar, 2000 tonna guruch mahsuloti jo’natildi.

Bundan tashqari, 100000 dona kiyim-kechak va 20000 dona poyabzal jo’natildi.

Turkiyaning G’azo xalqiga yordamlari bu bilan cheklanmaydi.

Turkiya kelgusida G’azoda shifoxona va ommaviy turar-joy binolarini barpo etadi.

 

 



Aloqador xabarlar