Turkiya-Rossiya munosabatlarining qayta tiklanishi turizm sohasiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi

Putin bilan Erdog’an o’rtasidagi telefon suhbatidan so’ng, Putinning buyrug’i bilan ruslarning Turkiyaga sayohat ta’qig’i bekor qilindi.

522726
Turkiya-Rossiya munosabatlarining qayta tiklanishi turizm sohasiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi

Turkiya bilan Rossiya o’rtasida asta-sekin izga tushib borayotgan aloqalar avvalo turizm sohasida o’z natijasini bera boshladi.

Kuni kecha Sochi shahrida bo’lib qaytgan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu bu haqda ma’lum qiladi.

Chavushog’luning aytishicha, Rossiya Turkiyaga rus sayyohlarning kelishi oldidagi to’sqinlikni bartaraf etdi.

Bundan buyon, Rossiya bilan Turkiya o’rtasida rasmiy uchrashuvlar tez-tez amalga oshiriladi.

Ma’lum bo’lishicha, yaqin kunlarda Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yuzma-yuz uchrashishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda ma’lum qilgan Mevlut Chavushog’lu ikki davlatning vazirlari ham o’zaro uchrashib, munosabatlarni qayta tiklash yo’lida tashabbus olib boradi.

Putin bilan Erdog’an o’rtasidagi telefon suhbatidan so’ng, Putinning buyrug’i bilan ruslarning Turkiyaga sayohat ta’qig’i bekor qilindi.

Shuningdek, Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev ham Turkiyaga sayohat qilmoqchi bo’lgan ruslar Turkiyada dam olish imkoniyatidan foydalanishi mumkinligini aytib o’tdi.



Aloqador xabarlar