Turkiya-Isroil va Turkiya-Rossiya munosabatlarida yangi davr...

Ibrahim Kalin: "Turkiya Isroil hamda Rossiya bilan munosabatlarini tiklash yo’lida ikki diplomatik tashabbusni amalga oshirdi"

522813
Turkiya-Isroil va Turkiya-Rossiya munosabatlarida yangi davr...

Isroil-Turkiya, Rossiya-Turkiya munosabatlarining qayta tiklanishi mintaqaga o’z foydasini olib keladi.

Bu hafta Turkiyaning Isroil hamda Rossiya bilan munosabatlarini tiklash yo’lida ikki nafar diplomatik tashabbus yo’lga qo’yildi.

Ushbu ikki shartnomaning mintaqaga qanday ta’sir ko’rsatishini vaqt ko’rsatadi.

Turkiya bu hafta Isroil va Rossiya bilan bo’lgan aloqalarini tiklash maqsadida katta tashabbus ko’rsatdi. Bu jarayon Turkiyaning tashqi siyosati, mintaqaviy tinchlik va barqarorlik uchun katta natija olib keladi. Bu jarayon ayni paytda, uzoq davom etgan Falastin va Suriya masalasiga hamda DAISh va PKK terrorizmiga qarshi kurashishga ham ko’mak berishi ehtimoldan holi emas.

Deyarli 6 yildan beri yuritilgan muzokara jarayonidan so’ng, turk va isroillik mutasaddilar Turkiya va Isroil o’rtasidagi aloqalarni qayta tiklash uchun joriy yilning 29 iyun kuni bir shartnoma imzoladilar. Bu shartnoma Turkiyaning birinchi va ikkinchi shartini bajarmoqda. Masalan:1) Moviy Marmara kemasiga Isroil tomonidan bosqin uyushtirilgan paytda, halok bo’lganlarning oilalariga kompensatsiya to’lash va G’azo qamalining bekor qilinishi.

Isroil Bosh vaziri Benjamin Netanyahu 2013 yili AQSh prezidentining huzurida Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’andan uzr so’ragan edi.

Bu jarayon ulkan geopolitik ahamiyatga ega bo’lgan ikki xususda yangi sahifa ochadi: Turkiya-Isroil munosabatlari va G’azodagi vaziyat. Hozirda  tomonlar o’zaro elchi tayinlashga harakat qilmoqda va iqtisodiy-turizm aloqalarini qaytatdan yo’lga qo’yish bo’yicha kelishuv tuzdilar. Shu sababli tez kunlarda o’zaro aloqalar bo’yicha yangi faoliyatlarga guvoh bo’lishimiz mumkin.

Qolaversa, turk xalqi nomidan G’azo xalqiga ramazon bayrami arafasida gumanitar yordamga to’la kema Ashdod portiga jo’nab ketdi.

Bunga qo’shimcha sifatida Isroil shartnomaga muvofiq G’azodagi sharoitni yaxshilash uchun kafolat berdi va bu vaziyat Turkiya uchun katta fursat deb baholanmoqda.

Ya’ni, fursatdan foydalanib, G’azo xalqiga kundalik berilgan elektr va suv miqdori oshiriladi. Elektr va suvning taqchilligi G’azoda salomatlik va qishlo-xo’jaligi kabi sohalarda katta muammo keltirib chiqarar edi. Yaqinda elektr va suv texnologiyalari poydevorini ko’zdan kechirish maqsadida bir guruh mutahassis G’azoga boradi. Qisqasi, Turkiya G’azoda davom etgan obyektlarini jumladan, G’azo shifoxonasi va hujumlarda boshpanasiz qolgan aholiga atab qurilayotgan ommaviy turar-joy binolarini qurib bitkazadi.

G’azo xalqi o’z kundalik hayotida Turkiya-Isroil shartnomasining natijalarini yaqinda ko’radi degan umiddamiz.

Turkiya bu loyihalarni amalga oshirishga tayyor va Isrol vakillari ham buning ahamiyatini ko’radi.

Siyosiy jihatdan esa, Turkiya Falastin xalqining mustaqil davlat bo’lish huquqini qo’lga kiritishi va urushning va azob-uqubatning manbai bo’lgan ishg’olga yakun yasalishini qo’llab quvvatlaydi. Turkiya Falastin bilan yaxshi munosabatlarini davom ettiradi va ularga yordam berishda davom etadi.



Aloqador xabarlar