Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Hatay viloyatida ommaviy ochilish marosimiga tashrif buyurdi

Istanbulda sodir bo’lgan terrorchilik harakatiga to’xtalgan Binali Yildirim, butun dunyoni ommaviy ravishda terrorizmga qarshi kurashishga chaqirdi.

522664
Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Hatay viloyatida ommaviy ochilish marosimiga tashrif buyurdi

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Hatay viloyatida ommaviy ochilish marosimiga tashrif buyurdi.

Marosimda so’zga chiqqan Binali Yildirim terrorizmni qo’llab quvvatlagan davlatlarni ogohlantirib, kuni kelib bu terror balosi o’zlariga ham zarar berishini aytdi.

Istanbulda sodir bo’lgan terrorchilik harakatiga to’xtalgan Binali Yildirim, butun dunyoni ommaviy terrorizmga qarshi kurashishga chaqirdi.

“Butun dunyoga hitob qilamanki, insonlarni o’ldirish bilan shug’ullangan terroristlar bir kun kelib sizni ham o’ldiradi. Agar, dunyodagi barcha insonlar terrorizmga qarshi bir yoqadan bosh chiqarsa, ana o’shandagina dunyoda tinchlik hukm suradi”,-deya ta’kidlaydi Turkiya Bosh vaziri.

Terroristlar tashqi kuchlar tomonidan boshqarilayotganini tilga olgan Binali Yildirim: “Mamlakatimizda qon to’kilishini to’xtatish uchun bor kuchimiz bilan g’ayrat ko’rsatamiz”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar