Istanbulda sodir bo’lgan terrorchilik harakati butun dunyoda qoralanmoqda

Fransiya Prezidenti Fransua Olland: “Ushbu terror hujumini qattiq qoralayman. Turkiyada ketma-ket sodir bo’lgan terrorchilik harakatidan chuqur iztirobdamiz”,-dedi.

520584
Istanbulda sodir bo’lgan terrorchilik harakati butun dunyoda qoralanmoqda

 

Kecha Istanbulda sodir bo’lgan terrorchilik harakati butun dunyoda qoralanmoqda.

Dunyodagi barcha davlatlar terrorizmga qarshi kurashda Turkiyani qo’llab quvvatlashini ma’lum qilmoqda.

Jumladan, Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel Otaturk aeroportida ro’y bergan terrorchilik harakatini qoraladi.

Merkel: “Terrorizmga qarshi kurashish bo’yicha hamjihat ekanimizni va bir-birimizni qo’llab quvvatlashimizni hamda turk xalqiga madadkor ekanimizni aytmoqchiman”,-dedi.

Fransiya Prezidenti Fransua Olland: “Ushbu terror hujumini qattiq qoralayman. Turkiyada ketma-ket sodir bo’lgan terrorchilik harakatidan chuqur iztirobdamiz”,-dedi.

Fransiya Bosh vaziri Manuel Valls esa, terrorizmga qarshi kurashda turklarga madadkor ekanini ma’lum qildi.

Italiya Bosh vaziri Matteo Renzi: “Istanbuldan kelgan noxush xabar tufayli qayg’udamiz. Turk xalqining qayg’usiga sherikmiz. Butun dunyoda terrorizmga qarshimiz”,-dedi.

Saudiya Arabiston Qroli Selman Bin Abdulaziz ham Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anga taziya bildirdi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Istanbulda sodir bo’lgan terrorchilik harakati munosabati bilan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anga hamdardlik bildirdi va barcha davlatlarni terrorizmga qarshi kurashda bir yoqadan bosh chiqarishga chaqirdi.

Shuningdek, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi ham ushbu terrorchilik harakatini qoraladi.

Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Jevad Zarif: “Terrorizm yana qon to’kdi. Shiddat dunyo tinchligiga tahdid solgan ekstremizmdir. Barchamiz birgalikda unga qarshi kurashishimiz zarur”,-dedi.

Amerika Qo’shma Shtatlari ham Istanbulda sodir bo’lgan terrorchilik harakatini qoraladi.

Amerika majlisi rahbari Paul Ryan: “Terrorizm aslo g’olib bo’la olmaydi. Ittifoqdoshimiz Turkiyani qo’llab quvvatlaymiz”,-dedi.

Amerika kongressining bir qancha a’zosi, prezidentlikka nomzodlar va boshqa bir qancha vakillar Turkiyaga taziya bildirdi.

Istanbuldagi Xalqaro Otaturk aeroportidagi terrorchilik harakati jahon matbuotida ham keng ovoza bo’ldi.

Gazeta va xabar agentliklari bosh sahifasini Istanbuldagi terror hujumiga ajratdi, shuningdek, xabar telekanallari Turkiyaga atab jonli efir olib bordi.

Amerikadagi media organlaridan biri “Huffington Post” terror hujumida halok bo’lgan begunoh insonlarning hotirasi uchun turk bayrog’i va qizil gul tasviri o’rin olgan emblemani ekranlarda namoyish qildi.



Aloqador xabarlar