Turkiya Bosh vazir o’rinbosari va hukumat kotibi Numan Kurtulmush matbuotga bayonot berdi

Rossiya bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlarga to’xtalgan Numan Kurtulmush ikki davlat aloqalari asta-sekin izga tushib borayotganini bildirdi.

519248
Turkiya Bosh vazir o’rinbosari va hukumat kotibi Numan Kurtulmush matbuotga bayonot berdi

 

Turkiya Bosh vazir o’rinbosari va hukumat kotibi Numan Kurtulmush Chankaya ko’shkida vazirlar kengashi yig’ilishi davom etar ekan, matbuotga bayonot berdi.

Numan Kurtulmush turklar uchun Yevropaga vizani bekor qilish masalasi va Turkiya-Rossiya munosabatlariga to’xtaldi.

Shuningdek, Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida tuzilgan qayta qabul shartnomasining majburiyatlariga amal qilgan davlat sifatida vizadan ozod bo’lishga haqli ekanini, berilgan va’dalarni bajarish uchun bu jarayonning darhol amalga oshirilishi zarurligini tilga oldi.

Rossiya bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlarga to’xtalgan Numan Kurtulmush ikki davlat aloqalari asta-sekin izga tushib borayotganini bildirdi.

Numan Kurtulmushning fikricha, ikki davlat o’rtasidagi sovuqchilikni bartaraf etishda Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an, Bosh vazir Binali Yildirim va Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’luning xizmatlari beqiyos.

Xatto, 12 iyunda Rossiyaning milliy kuni munosabati bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yozilgan maktubdan keyin munosabatlar yana ham tezroq izga tusha boshladi.

Bundan buyon Rossiya ham aloqalarni yaxshilashga doir biron taklif bilan chiqishi zarur.

Bundan umidvorligini tilga olgan Numan Kurtulmush Rossiyada faoliyat ko’rsatgan ba’zi turk shirkatlarga va u yerda mehnat qilgan turklarga mehnat ruxsatnomasi takror berilganini ma’lum qildi.

 



Aloqador xabarlar