Kipr muzokarasi jadal davom etmoqda

Bu doirada liderlar, bir haftada 2 marotaba uchrashish bo’yicha kelishib oldilar.

506889
Kipr muzokarasi jadal davom etmoqda

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji bilan Kiprning grek tomoni rahbari Nikos Anastasiadis, Kipr muammosini hal qilish uchun yana uchrashdilar.

Birlashgan Millatlar nazoratidagi punktda amalga oshgan uchrashuv, qariyb 3 soat davom etdi.

Akinji, bundan keyingi jarayonda bir haftada 2 marotaba uchrashish bo’yicha kelishib olganliklarini aytdi.

Shuningdek Mustafa Akinji bu jarayonda, Kiprning grek hukumati tomonidan tavsiya qilingan mavzulardan o’zaro uchrashuvlar yakunida voz kechilganligini ham bildirdi.

Prezident Akinji ittifoq tashkil etishning iloji yo’qligini tilga olar ekan, grek tomonining ham “bitta davlat barpo etish” tushunchasidan voz kechishi kerakligini aytdi.



Aloqador xabarlar