Erdog’an nafaqat Olmoniyani, Angela Merkelni ham tanqid qildi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an Sharqiy Afrika ziyorati chog’ida, jurnalistlar savoliga javob berdi.

503921
Erdog’an nafaqat Olmoniyani, Angela Merkelni ham tanqid qildi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an Sharqiy Afrika ziyorati chog’ida, jurnalistlar savoliga javob berar ekan Olmon Federal Majlisining “1915” qaroriga to’xtaldi.

“O’tgan yili, 1915-yilgi voqealarning 100-yilligida ovozga qoyilmagan bu qaror nima uchun bu yil ovozga qoyildi” degan Prezident Erdog’an,

“Shunday ekan ular, boshqalarning gapiga kirib bunday qaror qabul qildilar” dedi.

Ovoz berishda ishtirok etmagan Olmoniya kantsleri Angela Merkelni tanqid qilgan Erdog’an,

 “Olmon rahbariyati bu qaror ortidan mening shaxsimga, Bosh vazirimizga qaysi yuz bilan qaraydi” degan savolni ham o’rtaga tashladi.

Parlament qabul qilgan qarorning muhojirlar kelishuviga salbiy ta’sir ko’rsatmasligini ham belgilab o’tgan Erdog’an, “Masala Olmoniya bilan Turkiya o’rtasida chegaralngan vaziyatda, bunga Turkiya-Yevropa ittifoqi masalasi deya qarash noto’g’ridir” dedi.



Aloqador xabarlar