Turkiya, Olmon Federal Majlisi qarorini keskin qoraladi

Olmoniya bugun, Birinchi jahon urushi yillarida, Usmonli imperiyasi tomonidan armanlarning qirg’in qilinganligi to’g’risidagi iddio doirasida “genotsid qaror loyihasi”ni kun tartibiga olib chiqdi.

502979
Turkiya, Olmon Federal Majlisi qarorini keskin qoraladi
yıldırım merkel telefon görüşmesi.jpg
mevlüt çavuşoğlu
almanya tepkiler.jpg
almanya tepkiler 1.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, 1915-yildagi voqea haqidagi qaror loyihasining Olmon Federal majlisida qabul qilinishining Turkiya-Olmoniya munosabatlariga jiddiy shikast yetkazajagini aytdi.

Prezident, Keniyadagi rasmiy ziyoratidan qaytganidan keyin Tashqi ishlar vazirligi bilan o’tirib, mavzuni batafsil olaroq qo’lga olajagini ham eslatdi.  

Bosh vazir Binali Yildirim esa, Olmoniyadagi muhokama ortidan maslahat uchun Berlindagi Turk elchisini Turkiyaga chaqirdi.

Yildirim shuningdek, Olmon Federal Majlisi tomonidan qabul qilingan 1915-yilgi voqealar haqidagi iddio doirasidagi qonun loyihasining aslo qabul qilinmasligini ta’kidladi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li esa, qarorni keskin qoralagan holda,

“O’zining qorong’u sahifalarini boshqa davlatlarning tarixini qoralash orqali yashirolmaydi” dedi.

Faqat Merkel, ovozga qo’yishdan avvalgi bayonotida “Turkiya bilan keng ko’lamli va kuchli hamkorligimiz bor” dedi.

Shu bilan birga Olmoniyaning Anqaradagi elchisi, Tashqi ishlar vazirligiga taklif qilindi.  



Aloqador xabarlar